BMTning Oziq-ovqat va qişloq xöjaligi taşkiloti (FAO) tomonidan amalga oşirilayotgan «Oziq-ovqat tizimlariga asoslangan ovqatlaniş böyiça tavsiyalarni işlab çiqiş» (FSBDG – Food Systems-Based Dietary Guidelines) loyihasi doirasida Toşkent davlat agrar universitetida xalqaro ekspertlar iştirokida uçraşuv bölib ötdi.
Unda Afina qişloq xöjaligi universiteti xalqaro ekspertlari Antonis Vlassopoulos va Stephania Xanthopoulou, şuningdek, TDAU Qişloq xöjaligi mahsulotlarini standartlaştiriş va sertifikatlaş kafedrasi mudiri, dotsent M. Odinayev hamda katta öqituvçi U. Jörayev iştirok etdilar.
Muloqot davomida Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlarining kimyoviy tarkibi va oziqaviy qiymatiga oid maʼlumotlar bazalari, laboratoriyalarning moddiy-texnik imkoniyatlari, tahlil usullari hamda uşbu yönalişdagi ilmiy tadqiqotlar holati muhokama qilindi. Şuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari tarkibi va sifat körsatkiçlarini baholaş, laboratoriya tahlillarini takomillaştiriş hamda ilmiy tadqiqotlar natijalaridan samarali foydalaniş yuzasidan fikr va tajriba almaşildi.
Uçraşuv yakunida oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini taʼminlaş, ularning kimyoviy tarkibi va oziqaviy qiymatini çuqur örganiş, şuningdek, mazkur yönalişda xalqaro ilmiy-amaliy hamkorlikni rivojlantiriş böyiça kelgusida hamkorlik qilişga kelişib olindi.
Ijtimoiy tarmoqlar:
Shuningdek o'qing
No posts



