logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Özbekiston – Iordaniya rektorlar forumi bölib ötdi

view 19

Bugun Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti Milliy tadqiqot universitetida Özbekiston – Iordaniya oliy taʼlim muassasalari rektorlari forumi bölib ötdi. Unda ikki mamlakatning 70 ga yaqin oliy taʼlim muassasasi rektorlari iştirok etib, sunʼiy intellekt, raqamli texnologiyalar, muqobil energetika, muhandislik, tibbiy taʼlim va ilmiy tadqiqotlar yönalişlarida hamkorlikni kengaytiriş masalalarini muhokama qildilar. Forumda Toşkent davlat agrar universiteti rektori Narzullo Oblomuradov ham iştirok etdi. Şuningdek, rektor forumning ikkinçi sessiyasiga moderatorlik qilib, ikki mamlakat oliy taʼlim muassasalari örtasidagi akademik hamkorlik, talabalar va professor-öqituvçilar almaşinuvi hamda qöşma ilmiy loyihalar istiqbollariga bağişlangan muhokamalarni boşqardi. Forum doirasida Toşkent davlat agrar universiteti hamda Iordaniyaning Al-Balqa Applied University va Ajloun National University oliy taʼlim muassasalari örtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi. Mazkur kelişuvlar taʼlim va ilm-fan sohasida xalqaro aloqalarni kengaytiriş, akademik almaşinuvni rivojlantiriş hamda qöşma ilmiy tadqiqotlarni amalga oşirişga xizmat qiladi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

No posts

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.