logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Sultonov Komolitdin Sadriddinovich

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori

Sultonov Komolitdin Sadriddinovich 1974-yilda tug‘ilgan. Millati — o‘zbek, O‘zbekiston fuqarosi. 1993–1998 yillarda Toshkent davlat agrar universitetida tahsil olgan va oliy ma’lumotga ega.

Mehnat faoliyatini 1993-yilda Parkent tumani “Rayxona” xususiy ishlab chiqarish firmasida sotuvchi lavozimidan boshlagan. 1998–1999 yillarda Parkent tumani “Pomir” xo‘jaligida agronom-entomolog, 1999-yilda esa “Navbahor” dehqon-fermer xo‘jaliklari uyushmasi hududidagi “Xumo” fermer xo‘jaligida agronom-entomolog sifatida faoliyat yuritgan.

1999–2001 yillarda Parkent tuman Qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasida bosh mutaxassis lavozimida ishlagan.

2001–2005 yillarda Toshkent davlat agrar universitetining marketing bo‘limi boshlig‘i, 2005-yilda esa “Mevachilik, sabzavotchilik va uzumchilik” kafedrasida assistent lavozimida faoliyat olib borgan.

2005–2008 yillarda universitetning o‘quv-metodika bo‘limida sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha boshliq muovini lavozimida ishlagan. 2008–2009 yillarda “Mevachilik, sabzavotchilik va uzumchilik” kafedrasida katta o‘qituvchi, 2009–2010 yillarda esa “Agronomiya” fakulteti dekan muovini lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2010–2019 yillar davomida Toshkent davlat agrar universitetining “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik” fakulteti dekani lavozimida ishlagan.

2019-yildan hozirgi kungacha Toshkent davlat agrar universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor lavozimida mehnat qilmoqda.

Oilali, farzandlari bor.

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.