logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Abduvasikov Abduaziz Abdulazizovich

Xalqaro hamkorlik, transformatsiya va strategik rivojlanish bo‘yicha prorektor

Abduvasikov Abduaziz Abdulazizovich 1999–2001-yillarda Toshkent davlat agrar universitetida magistratura bosqichida tahsil olgan. 2001–2004-yillarda mazkur oliygohning aspiranturasida tahsil olgan.

Mehnat faoliyatini 2005-yilda Toshkent davlat agrar universitetining “Fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari iqtisodiyoti va ularni boshqarish” kafedrasida assistent lavozimida boshlagan.

2005–2009-yillarda “Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi iqtisodiyoti va uni tashkil etish” fakulteti dekani muovini lavozimida faoliyat yuritgan. 2009–2010-yillarda “Fermer xo‘jaligini boshqarish” fakulteti dekani lavozimida ishlagan.

2010–2016-yillarda Toshkent davlat agrar universitetida Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha prorektor lavozimida faoliyat olib borgan. 2016–2018-yillarda Andijon qishloq xo‘jalik institutiga rektor etib tayinlangan.

2018–2019-yillarda Toshkent davlat agrar universitetining Andijon filialida direktor lavozimida faoliyat yuritgan. 2019–2021-yillarda Toshkent davlat agrar universitetida Xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha prorektor lavozimida ishlagan.

2021–2023-yillarda Toshkent davlat agrar universitetining Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori lavozimida faoliyat yuritgan.

2023-yildan hozirgi vaqtga qadar Toshkent davlat agrar universitetining Xalqaro hamkorlik, transformatsiya va strategik rivojlanish bo‘yicha prorektor lavozimida faoliyat olib bormoqda.

  • Ta'lim

    • 2001
      Toshkent davlat agrar universiteti
1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.