logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Ipakchilik va tutchilik

Ipakchilik va tutchilik- magistratura mutaxassisligi barcha ta’lim muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o‘qitish, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy tadqiqot institutlari, markazlari, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy tadqiqot faoliyatini yuritish, turli mulkchilik shaklidagi korxonalarida, nodavlat va notijorat tashkilotlarida, markaziy va mahalliy davlat boshqaruvi organlarida, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarida ipakchilik faoliyatni tashkil etish va boshqarishga oid kompleks masalalarni hal etish, shuningdek ipakchilik, tutchilik tarmoqlari va sohalarini rivojlantirish istiqbolini belgilashga, kasbiy ko‘nikmaga, mutasaddilik qobiliyatiga yo‘naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublarining majmuasini qamrab oladi.

Ipakchilik va tutchilik

Umumiy ma'lumot

Zooinjeneriya fakulteti
Ipakchilik va tutchilik
  • Yo'nalish kodi
    70811701
  • O'qish davomiyligi
    2 yil
  • Davlat akkreditatsiyasi
    Mavjud
  • Kasbiy va jamoat akkreditatsiyasi
    Mavjud
  • Ta'lim shakli
    Kunduzgi
  • Ta'lim darajasi
    Magistr
  • Xalqaro akkreditatsiya
    Mavjud emas

Asosiy fanlar

  • Ipakchilikda va tutchilikda ilmiy tadqiqot uslublari
  • Ipak qurti fiziologiyasi va biokimyosi
  • Ipakchilik va tutchilikning nazariy asoslari va zamonaviy muammolari
  • Ipakchilik va tutchilikda zamonaviy innovatsion texnologiyalar
  • Ipak qurti va tut daraxti genofondidan foydalanish
  • Ipak qurti va tut daraxti kasalliklari epizootologiyasi, diagnostikasi ularga qarshi kurashishning zamonaviy usullari
  • Tut daraxti fiziologiyasi va sitogenetikasi
1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.