logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Lapasov Jasur Olimjonovich

Yoshlar masalalari va maʼnaviy-marifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori

Lapasov Jasur Olimjonovich 1990-yil tug‘ilgan. 2009–2015-yillarda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutida tahsil olgan. Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).

 

U mehnat faoliyatini 2015–2016-yillarda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining geodeziya va geoinformatika kafedrasida assistent lavozimida boshlagan. 2016–2019-yillarda mazkur institutning kadrlar bo‘limi boshlig‘i,  

 

2019–2023-yillarda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Tashkiliy-kadrlar boshqarmasi bosh mutaxassisi, Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi, 2023–2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari hamda  bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.

 

2025-yildan boshlab Toshkent davlat agrar universitetining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori lavozimida faoliyat yuritmoqda.

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.