logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

O‘quv-uslubiy ta’minot bo‘limi

Bo‘limning vazifalar va funksiyalari:


Universitet Ilmiy kengashi qarorlari, rektorning buyruqlari hamda topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;


Bo‘limning har yarim yillik ish rejalari ishlab chiqilishini ta’minlash, ularni tasdiqlash uchun kiritish, ularda ko‘rsatilgan vazifalar va tadbirlar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;


Bo‘limga yuklangan vazifalar bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;


Bo‘lim faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va ularni ko‘rib chiqish uchun rahbariyatga kiritish;


Bo‘limda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishda rektorga takliflar taqdim etish, professionalligi, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak ishchanlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, ularning kasb malakasini oshirish choralarini ko‘rish, Bo‘limda kadrlar zaxirasini shakllantirish;


Bo‘lim xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, yig‘ilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni ko‘rish;


Universitetda O‘quv-uslubiy ta’minotni mustahkamlash, yangi avlod darsliklarini ishlab chiqishni muvofiqlashtirish bilan bog‘liq tizimda faoliyat yuritadigan boshqa OTMlar bilan aloqa o‘rnatish;


o‘quv jarayonlariga oid bo‘lgan buyruqlar loyihalarini ishlab chiqish va tasdiqlashga kiritish;


o‘zi ishlab chiqqan buyruqlar va farmoyishlar loyihalarining hamda ularga asos bo‘lgan hujjatlarning haqqoniyligi, to‘g‘riligi va qonunchilik hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan shaxsan javobgar hisoblanadi.

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.