• uzbekistan
  • uzbekistan
  • Русский
  • Oʻzbek
  • English

Agrar soha bo‘yicha targ‘ibot ishlari: professor-o‘qituvchilar Jizzax viloyatida

view 45

2025-yil 2-may kuni Toshkent davlat agrar universiteti Agrokimyo va tuproqshunoslik kafedrasi professor-o‘qituvchilari M.E.Saidova, N.I.Shadiyeva, M.N.Urmanova, D.U.Burxanova va M.U.Tursinbayev Jizzax viloyati Paxtakor tumanidagi 2-, 9- va 13-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida bo‘lib, bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tadbir davomida universitetda mavjud ta’lim yo‘nalishlari, zamonaviy o‘quv jarayonlari, yaratilgan sharoit va imkoniyatlar, agrar sohadagi islohotlar hamda yangiliklar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shu bilan birga, o‘quvchilar uchun qiziqarli va foydali mahorat darslari tashkil etildi.
Uchrashuv maktab bitiruvchilarining agrar ta’limga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularga to‘g‘ri yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish hamda universitetga qabul jarayonlariga tayyorlashga qaratildi.