logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Agrar universitet talabalari Fanlar akademiyasi institutida bo’lishdi

view 55

Toshkent davlat agrar universitetida nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lash maqsadida Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakulteti “Tabiiy fanlar” kafedrasi professori, k.f.d. K.Giyasov hamda kafedra mudiri, professor Z.Mirvaliyevlar tashabbusi bilan Agrokimyo va o‘simliklarni himoya qilish fakulteti Biotexnologiya yo‘nalishi 1-bosqich talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akad. O.Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo institutiga sayyor dars mashg‘uloti tashkil etildi.
Toshkent davlat agrar universiteti talabalari kimyo fanidan nazariy ma’lumotlarni bevosita ilmiy institutning zamonaviy laboratoriya uskunalari va ko‘rgazmali jarayonlari misolida o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Mashg‘ulot davomida yoshlar sohadagi innovatsion ishlanmalar bilan tanishib, murakkab kimyoviy tahlillarning amaliyotda qo‘llanilishini kuzatishdi.
Bu kabi sayyor darslar universitetimiz talabalari uchun fundamental ilmlarni chuqur o‘zlashtirish va kelajakda malakali kadr bo‘lib yetishishlarida muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.