Toshkent davlat agrar universiteti tashabbusi bilan huquqshunoslik va dasturchilik sohalariga qiziquvchi yoshlarning bilimlarini oshirish, ularning ko’nikmalarini mustahkamlash hamda davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Dolzarb 90 kun” loyihasining ijrosini samarali tashkil etish maqsadlarida “Agroyurist” va “Yosh dasturchi” yozgi maktablari faoliyati yo’lga qo’yildi. 7-12-iyul kunlari bo’lib o’tadigan mazkur maktablarning ochilish tadbirida universitetimiz rahbariyati, loyiha mas’ullari va yoshlar ishtirok etdi.
Ishtirokchilarga loyiha davomida tashkil etiladigan sayohatlar, uchrashuvlar haqida ma’lumotlar yetkazildi.
Yozgi maktabning har bir kuni, har bir soati ishtiorkchilarga yangi bilim va olam-olam taasurotlar ulashishga xizmat qilishi aniq. Qatnashchilarni oldinda tajribali ustozlar tomonidan o’tiladigan seminar va master klaslar, sayohatlar hamda davlat idoralarida olib boriladigan jarayonlar bilan yaqindan tanishish imkoniyatlari kutib turibdi.



