Ushbu tadbirda professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talaba-yoshlar faol ishtirok etib, buyuk ajdodlarimiz merosini chuqur o‘rganish va targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir davomida Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti R. Tursunov so‘zga chiqib, Amir Temur ning hayoti, davlat boshqaruvidagi o‘rni hamda boy ilmiy va adabiy merosi haqida batafsil ma’lumot berdi. U o‘z nutqida Sohibqironning ilm-fan, madaniyat va bunyodkorlik sohalaridagi ulkan hissasi bugungi kunda ham jahon miqyosida katta qiziqish uyg‘otayotganini alohida ta’kidladi.
Shuningdek, tadbirda Meva-sabzavotchilik va uzumchilik fakulteti tyutorlari F. Ravshanova va M. Urinbayeva hamda fakultet talabalari ishtirok etdilar. Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti X. Xushvaqtov ham o‘z ma’ruzasi bilan qatnashib, Amir Temur shaxsiyati va uning tarixiy merosi haqida mazmunli va tushunarli fikrlar bildirdi. Unda Òrmon xo‘jaligi va landshaft dizayn fakulteti tyutorlari N. Mustafayeva va Z. Galayeva hamda talabalar ham faol qatnashdilar.
“Agroiqtisodiyot, logistika va xizmatlar” fakulteti tyutorlari X. Saidova, M. Jo‘rayeva va G. Xalikulovalar tomonidan “Kelajak soati” tadbiri o‘tkazildi. Mazkur jarayonda fakultet dekani K. Ruzmetov talabalarni universitet ichki tartib-qoidalariga qat’iy rioya qilish zarurligi haqida yana bir bor ogohlantirib o‘tdi.
Bundan tashqari, tadbirga Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari ham taklif etildi. Jumladan, falsafa fanlari nomzodi, dotsent T. Kuyliyev hamda tarix fanlari nomzodi, dotsent X. Xushvaqtov Amir Temur haqida qiziqarli tarixiy ma’lumotlar berib, talabalarning bilimini yanada boyitdilar.
Tadbirda Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti Sh. Kimsanboyeva, Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakulteti dekan muovini O. Usanov, fakultet Yoshlar ittifoqi koordinatori D. Rajabov hamda talabalar ishtirok etdilar. Sh. Kimsanboyeva o‘z nutqida Amir Temurning hayoti va uning ma’naviy merosi haqida talabalarga yana-da chuqurroq tushunchalar berib o‘tdi.
Umuman olganda, mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir talaba-yoshlarning tarixiy xotirasini mustahkamlash, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash hamda buyuk ajdodlarimizning boy merosini keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Ijtimoiy tarmoqlar:

