Kengashda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan o’tkazilgan yig’ilishlaridagi bildirgan fikr va topshiriqlaridan kelib chiqqan holda universitetda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar muhokama qilinmoqda. Universitet rektori N.Oblomuradov raisligida o‘tayotgan majlisda universitet rahbariyati, fakultet dekanlari, ilmiy kengash a’zolari hamda soha mutaxassislari ishtirok etmoqda.
Shuningdek, bugungi ilmiy Kengashda quyidagi:
– 2024/2025-o‘quv yilidagi yakunlar va 2025/2026-o‘quv yiliga mo‘ljallangan ustuvor rejalar;
– Ilmiy-tadqiqot ishlari va xalqaro hamkorlikni kengaytirish;
– Yoshlar siyosatini samarali amalga oshirish;
– “Yashil iqtisodiyot” doirasida ekologik tashabbuslar;
– 2025/2026-yil o‘quv rejalari va normativ hujjatlarni tasdiqlash;
– Professor-o‘qituvchilarning faoliyati samaradorligini baholash kabi muhim masalalar muhokama qilinib, zamonaviy va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash yo‘lida samarali qarorlar qabul qilinmoqda!
Ijtimoiy tarmoqlar: