Ayni daqiqalarda Toshkent davlat agrar universiteti Kengashining navbatdagi 6-sonli majlisi davom etmoqda. Majlis doirasida universitet ilmiy salohiyatini oshirishga munosib hissa qo‘shgan bir qator professor-o‘qituvchilar ilmiy unvon va yutuqlarga erishgani uchun tantanali ravishda taqdirlanmoqda
29 Noyabr 2025
215
Ilmiy unvon olgan ustozlarimizning yutuqlari universitet ilmiy hayotining rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Ularning mehnati e’tirof etilib, Kengash tomonidan faxriy yorliqlar va sertifikatlar topshirilmoqda.
1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.