“Italiya va Oʻzbekiston oʻrtasida innovatsiyalar hamda akademik hamkorlik: bugungi holat va kelajak istiqbollari” mavzusida o‘tayotgan nufuzli anjumanda ikki mamlakatning tegishli vazirliklari, CRUI hamda yetakchi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etmoqda. Mazkur forumda Toshkent davlat agrar universitetining Xalqaro hamkorlik, transformatsiya va strategik rivojlanish bo‘yicha prorektor A.Abduvasikov ishtirok etmoqda. Forum doirasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, ilmiy tadqiqotlar va innovatsion loyihalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilinmoqda
Ijtimoiy tarmoqlar:
Shuningdek o'qing

