logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Ayolga ehtirom – jamiyatga ehtirom

view 67

Toshkent davlat agrar universitetida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan ko‘tarinki ruhdagi bayram konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. "Xotin-qizlar tadbirkor, olim, muallim, shifokor, muhandis, davlat va jamoat arbobi, bir so‘z bilan aytganda, xonadonlarimiz farishtasi, oila va jamiyat tayanchi, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz”.Shavkat Mirziyoyev
Tadbir avvalida universitet rektori N. Oblomuradov kirish so‘zi bilan barcha ayollarni samimiy tabriklab, ularga ezgu tilaklarini bildirdi: “Sizlarga dunyodagi eng bebaho boylik – oilaviy baxt-saodat, tinchlik-xotirjamlik, farzandlar va nabiralar kamolini ko‘rib yurish quvonchi hamisha yor bo‘lishini tilayman. Qalbingiz doim bugungi bahordek yashnab tursin, bayram kayfiyati sizlarga yor bo‘lsin”. Bayram munosabati bilan universitetning bir qator professor-o‘qituvchilari, tyutorlari, tarbiyachi pedagoglari hamda universitet hududi obodonligi yo‘lida mehnat qilayotgan fidoiy ayollar munosib taqdirlandi. Tadbir davomida “Muqaddas ayol” qo‘shig‘i, T. Jabborov ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar, tyutorlar tomonidan “Ayol” she’ri yangradi. “Bo‘ston” ashula va raqs ansambli raqqosalari tomonidan ijro etilgan “Mustahzod” raqsi esa barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Shuningdek, mehmon san’atkor, “Shuhrat” medali sohibasi R. Ro‘zimova xorazmcha qo‘shiqlari bilan davraga fayz bag‘ishladi. S. Nurmuhammedov tomonidan “Ona” qo‘shig‘i, N. Himmatov va Y. Janibekova ijrosidagi “Buxorocha” qo‘shig‘i hamda I. Isoqov tomonidan namoyish etilgan “Ayol” monologi tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi.

Tadbir yakunida universitetning “Bo‘ston” ashula va raqs ansambli badiiy rahbari Yulduz Janibekova hamda ansambl a’zolari tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, bayram dasturi yanada ko‘tarinki ruhda yakunlandi. Ayol – mehr, sadoqat va go‘zallik timsoli. Barcha aziz va muhtarama ayollarimizni yana bir bor bayram bilan muborakbod etamiz!

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.