Dorivor o'simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi
Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi — fan va qishloq xo‘jaligi sohalarida dorivor o‘simliklarni yetishtirish, ularni qayta ishlash va saqlash bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydi.
Ushbu mutaxassislik dorivor o‘simliklarni yetishtirish jarayonida yer, suv, energiya va moddiy-texnik resurslardan samarali foydalanishni, farmatsevtika sanoati ehtiyojlari uchun xom ashyo yetkazib berishni, shuningdek, ularni dastlabki qayta ishlash usullarini o‘rganishni nazarda tutadi.
Shuningdek, dorivor o‘simlik materiallarini qayta ishlash va saqlash jarayonlarini optimallashtirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, madaniy dorivor o‘simliklarning hosildorligi va mahsulot sifatini oshirish hamda birlamchi texnologik chora-tadbirlarni ishlab chiqish mazkur yo‘nalishning asosiy vazifalaridandir.
Umumiy ma'lumot
-
Yo'nalish kodi60811100
-
O'qish davomiyligi4 yil
-
Davlat akkreditatsiyasiMavjud
-
Kasbiy va jamoat akkreditatsiyasiMavjud
-
Ta'lim shakliKunduzgi
-
Ta'lim darajasiBakalavriyat
Asosiy fanlar
-
Dorivor oʻsimliklar florasi va sistematikasi
-
Oʻzbekistonning istiqbolli dorivor oʻsimliklari
-
Xalq tabobati dorivor oʻsimliklari
-
Dorivor oʻsimliklar urugʻchiligi va koʻchatchiligi
-
Dorivor oʻsimliklar reproduktiv strategiyasi
-
Dorivor oʻsimliklar introduksiyasi
-
Farmakognoziya
-
Dorivor oʻsimliklar biologiyasi va ekologiyasi
-
Farmakopeya dorivor oʻsimliklari
-
Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish texnologiyasi
-
Dorivor oʻsimlik xom-ashyosi tayyorlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasi
-
Dorivor oʻsimliklar resursshunosligi
-
Dorivor oʻsimliklarni yetishtirishda ilmiy izlanish asoslari
-
Tabiiy dorivor oʻsimliklar
-
Kovrak yetishtirish texnologiyasi
