lqtisodiyot
Iqtisodiyot – xо‘jalik tarmoqlarida iqtisodiy jarayonlarni samarali boshqarish, resurslardan oqilona foydalanish, ishlab chiqarish xarajatlari va daromadlar tahlili, agrobiznes va bozor munosabatlarini chuqur о‘rganishga qaratilgan.
Ushbu yо‘nalish talabalari iqtisodiy nazariya, buxgalteriya hisobi, soliqqa tortish, moliyaviy tahlil, makro va mikroiqtisodiyot, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, menejment va marketing sohalari bо‘yicha nazariy va amaliy bilimlarga ega bо‘ladilar.
Iqtisodchi — moliya, tahlil, davlat boshqaruvi, korxonalarni boshqarish va investitsiya rejalashtirish sohalarida talab yuqori bо‘lgan mutaxassisdir. U bozorlarni tahlil qiladi, iqtisodiy jarayonlarni bashorat qiladi, biznes rivojlanishi strategiyalarini ishlab chiqadi va xо‘jalik faoliyati samaradorligini baholaydi.
Bitiruvchilar qishloq xо‘jaligi korxonalari, fermer xо‘jaliklari, agrosanoat majmualari, moliya va soliq organlari hamda davlat boshqaruv tashkilotlarida iqtisodchi, tahlilchi va menejer sifatida faoliyat yuritishlari mumkin.
«Agroiqtisodiyot» kafedrasi iqtisodchi mutaxassislarni tayyorlashda ma’sul kafedra hisoblanadi.
Umumiy ma'lumot
-
Yo'nalish kodi60410100
-
O'qish davomiyligi4 yil
-
Davlat akkreditatsiyasiMavjud
-
Kasbiy va jamoat akkreditatsiyasiMavjud
-
Ta'lim shakliKunduzgi
-
Ta'lim darajasiBakalavr
Asosiy fanlar
-
Iqtisodiyot nazariyasi 1,2
-
Amaliy matematika 1,2
-
Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar
-
Iqtisodiy ta’limotlar tarixi
-
Akademik ko'nikmalar va kasbiy kompetentlik
-
Statistika
-
Ekonometrikaga kirish
-
Amaliy ekonometrika
-
Mikroiqtisodiyot 1,2
-
Makroiqtisodiyot 1,2
-
Atrof-muhit iqtisodiyoti va iqlim oʻzgarishi
-
Iqtisodiy siyosat
-
Iqtisodiyotda ma'lumotlar tahlili
-
Institutsional iqtisodiyot
-
Moliyaviy iqtisodiyot
-
Iqtisodiy xavfsizlik
-
Global iqtisodiy rivojlanish
-
Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish
-
Investitsiya loyihaları tahlilı
-
Tarmoqlar iqtisodiyoti
