logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Marketing

Marketing — bu iste’molchilar ehtiyojlarini qondirish va tashkilotlar maqsadlariga erishish uchun tovar va xizmatlarni yaratish, ilgari surish va sotish jarayonlarini о‘rganuvchi sohadir.
Marketolog— ishlab chiqarish, savdo, reklama va raqamli xizmatlar bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalarda talab yuqori bо‘lgan mutaxassis. U iste’molchilarning xatti-harakatini tahlil qiladi, marketing strategiyalarini ishlab chiqadi, bozor tadqiqotlarini olib boradi, brend, narx siyosati va mijozlar bilan muloqotni boshqaradi.
Ta’lim jarayonida talabalar strategik va operatsion marketing, marketing tadqiqotlari, iste’molchi xulq atvori, brend-menejment, raqamli marketing, PR va reklama fanlarini о‘rganadilar.
Bitiruvchilar agrosanoat korxonalari, fermer xо‘jaliklari, marketing agentliklari va davlat tashkilotlarida marketolog, savdo mutaxassisi va bо‘lim rahbari sifatida faoliyat yuritishlari mumkin.
«Agroiqtisodiyot» kafedrasi marketolog mutaxassislarini tayyorlashda ma’sul kafedra hisoblanadi.

Marketing

Umumiy ma'lumot

Agroiqtisodiyot, logistika va xizmatlar
Marketing
  • Yo'nalish kodi
    60411200
  • O'qish davomiyligi
    4 yil
  • Davlat akkreditatsiyasi
    Mavjud
  • Kasbiy va jamoat akkreditatsiyasi
    Mavjud
  • Ta'lim shakli
    Kunduzgi
  • Ta'lim darajasi
    Bakalavr

Asosiy fanlar

  • Amaliy matematika 1,2
  • Iqtisodiyot nazariyasi 1.2
  • Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar
  • Biznesga kirish
  • Akademik ko'nikmalar va kasbiy kompetentlik
  • Statistika
  • Ekonometrika
  • Mikroiqtisodiyot
  • Marketing
  • Menejment
  • Iste'mol tovarlari tovarshunosligi
  • Marketing kommunikatsiyasi
  • Marketing tadqiqotlari
  • Inson resurslarını boshqarish
  • Iste'molchi xulq atvori
  • Brendni boshqarish
  • Raqamli marketing
  • Buxgalteriya hisobi
  • Strategik marketing
  • Xalqaro marketing
  • Barqaror marketing va ijtimoiy o'zgarishlar
1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.