Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti
Ushbu ta’lim yo‘nalishi zamonaviy sanoat, xizmat ko‘rsatish va agrosanoat sohalarida sifatni boshqarish, o‘lchash aniqligini ta’minlash, xalqaro va milliy standartlarga muvofiqlikni baholash kabi muhim yo‘nalishlar bo‘yicha malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan. Talabalar metrologiya asoslari, standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimlari, sifat menejmenti (ISO 9001, ISO 22000, GLOBAL GAP), mahsulot xavfsizligi, texnik reglamentlar va huquqiy-me’yoriy hujjatlar bo‘yicha chuqur bilim oladilar. Shuningdek, zamonaviy o‘lchov vositalari bilan ishlash, sifat auditini o‘tkazish va korxonalarda sifat tizimini joriy etish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar shakllantiriladi. Bitiruvchilar ishlab chiqarish korxonalari, standartlashtirish va sertifikatlash markazlari, sinov laboratoriyalari, eksport-import tashkilotlari hamda xalqaro sifat tizimlari faoliyat yurituvchi muassasalarda muvaffaqiyatli ishlashlari mumkin. Yo‘nalish bo‘yicha o‘quv amaliyotlari, laboratoriya ishlari va loyihaviy mashg‘ulotlarga katta e’tibor qaratiladi. Bu ta’lim yo‘nalishi zamonaviy iqtisodiyotda raqobatbardosh mahsulot yaratish uchun zarur bo‘lgan sifat infratuzilmasini rivojlantiruvchi muhim poydevor hisoblanadi.
Umumiy ma'lumot
-
Yo'nalish kodi60711300
-
O'qish davomiyligi4 yil
-
Davlat akkreditatsiyasiMavjud
-
Kasbiy va jamoat akkreditatsiyasiMavjud
-
Ta'lim shakliKunduzgi
-
Ta'lim darajasiBakalavr
Asosiy fanlar
-
Metrologiya va o‘lchashlar yagonaligini ta’minlash
-
Qishloq xo‘jaligida metrologik ta’minot
-
O‘lchash usullari va vositalari
-
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarining sifat nazorati va sinov qurilmalari
-
Standartlashtirish tizimi
-
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi
-
Texnik jihatdan tartibga solish
-
Qishloq xo‘jaligida GLOBAL GAP standarti
-
Muvofiqlikni baholash
-
Sinov laboratoriyalari va sertifikatlashtirish idoralari faoliyati
-
Mahsulot sifat menejmenti tizimi
-
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini standartlashtirish va sertifikatlash
-
Qishloq xo‘jaligi biotexnologiyasi va mikrobiologiya
-
Organik oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi va sifati
-
Mahsulotlar ishlab chiqarishda xalqaro standartlar
