logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Organik qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va qayta ishlash

Organik qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va qayta ishlash – ta’lim yo‘nalishi O‘zbekistonda organik dehqonchilik, mahsulotlarni ekologik toza usullarda saqlash va qayta ishlash bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan.
Ushbu yo‘nalishni tamomlagan mutaxassislar quyidagi sohalarda faoliyat yuritishlari mumkin:
Organik dehqonchilik va ishlab chiqarish Organik fermer xo‘jaliklari: Ekologik toza mahsulotlar yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jaliklarida agronom yoki texnolog sifatida ishlash.Organik mahsulotlarni qayta ishlash korxonalari: Mahsulotlarni ekologik standartlarga muvofiq qayta ishlash va qadoqlash. Sertifikatlash va nazorat organlari Sertifikatlash agentliklari: Organik mahsulotlarni sertifikatlash va sifat nazorati bo‘yicha mutaxassis sifatida faoliyat yuritish.Davlat nazorat organlari: Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini nazorat qiluvchi davlat tashkilotlarida ishlash. Eksport kompaniyalari: Organik mahsulotlarni xalqaro bozorlarga eksport qiluvchi kompaniyalarda menejer yoki mutaxassis sifatida ishlash.
Agrobiznes loyihalari: Organik mahsulotlar ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha biznes loyihalarni amalga oshirish.
Oliy ta’lim muassasalari: Agrar sohada o‘qituvchi yoki ilmiy xodim sifatida faoliyat yuritish.
Ilmiy-tadqiqot institutlari: Organik qishloq xo‘jaligi sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish.

Organik qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va qayta ishlash

Umumiy ma'lumot

Qishloq xо‘jaligi mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash fakulteti
Organik qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va qayta ishlash
  • Yo'nalish kodi
    60811400
  • O'qish davomiyligi
    4
  • Davlat akkreditatsiyasi
    Mavjud
  • Kasbiy va jamoat akkreditatsiyasi
    Mavjud
  • Ta'lim shakli
    Kunduzgi
  • Ta'lim darajasi
    Bakalavriyat
  • Xalqaro akkreditatsiya
    Yoq

Asosiy fanlar

  • Fan
1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.