logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Bamiya o‘simligi haqida bilasizmi?

view 7

Bamiya – (Gambo Hibiscus esculentus L.) — gulxayridoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻsimlik. Mevasi - ko‘sak. Gullari g‘o‘zaga juda o‘xshash. Boʻyi 2,5 m gacha boradi. Tashqikoʻrinishi va gullashi bilan gʻoʻzaga oʻxshaydi. Vatani — Sharqiy Afrika. Navlari sabzavotva tola beradigan guruhlarga boʻlinadi. Hindiston, Afrika va AQShda tola olinadigannavlari ekiladi.Yetilmagan koʻsaksimon mevasi sabzavot koʻkat tarzida suyuq ovqat va salatlarga ishlatiladi. Mevasida 3% oqsil, 0,5% yogʻ, 8% uglevodlar, pishgan urugʻi tarkibida 18% moy bor. Mevasini xomligicha yeyish, pishirish, qovurish, konservalash mumkin. Poyasi oq dagʻal tola beradi; qovurilgan urugʻidan sunʼiy kofe tayyorlanadi. Tropik, subtropik mamlakatlarda, Shimoliy Amerika, Janubiy Yevropa, Zakavkazye, Qrim, Ukrainaning janubi, qisman Markaziy Osiyoda, asosan, sabzavot ekini sifatida yetishtiriladi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.