logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

“Besh muhim tashabbus” doirasida Toshkent davlat agrar universitetida keng qamrovli tadbirlar o‘tkazildi

view 182

Toshkent davlat agrar universitetida talaba-yoshlarning bilim, salohiyat va ijtimoiy faolligini oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida bir qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi. 1-bosqich talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularga universitetning tashkiliy tuzilmasi, rahbariyat faoliyati hamda ta’lim jarayonlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Agroiqtisodiyot, logistika va xizmatlar fakulteti tyutorlari tashabbusi bilan talaba-yoshlar va Gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchilari o‘rtasida do‘stona voleybol musobaqasi tashkil etildi. Shuningdek, Talaba-yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish va ijtimoiy faollikni kuchaytirish maqsadida “Qalqon” jamoatchilik guruhi yangi a’zolar bilan kengaydi, ular bilan suhbatlar o‘tkazildi. Jumladan, Toshkent davlat agrar universitetining 95 yillik yubileyiga bag‘ishlab “Oltin kuz” Xalqaro agro-tasviriy va amaliy san’at festivali doirasida respublikamizning bir qator viloyatlarida universitet talabalari va rassomlar ishtirokida ijodiy plener o’tkazilmoqda. O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti dekani T.Shamsiddinov boshchiligida talabalar turar joyida tartib-intizom va tozalik masalalari bo‘yicha ochiq muloqot tashkil etildi. “Sog‘lom hayot – baxtli kelajak!” shiori ostida talabalar turar joyida ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari muntazam ravishda o‘tkazilmoqda. Talabalar universitet Axborot-resurs markaziga tyutorlar boshchiligida faol ravishda a’zo bo‘lib, bilimlarini boyitib bormoqda.

Mazkur tadbirlar talaba-yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, jismoniy faolligini oshirish, huquqiy bilimlarini mustahkamlash hamda ijodiy salohiyatini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.