logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Bo‘ka tumanida o‘simliklarni uyg‘unlashgan himoya qilish texnologiyalariga bag‘ishlangan dala seminari o‘tkazildi

view 10

Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning “Xavfli kimyoviy moddalarni samarali boshqarish uchun texnik ko‘maklashish” loyihasi doirasida Toshkent davlat agrar universiteti hamkorligida o‘simliklarni uyg‘unlashgan himoya qilish — IPM (Integrated Pest Management) texnologiyalariga bag‘ishlangan dala amaliy seminari o‘tkazildi. Seminarning asosiy maqsadi qishloq xo‘jaligi ekinlarini zararkunanda va kasalliklardan himoya qilishda zamonaviy, ekologik xavfsiz va samarali yondashuvlarni amaliyotga joriy etish, kimyoviy vositalardan oqilona foydalanish hamda biologik himoya usullarining imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida g‘o‘za, g‘alla, issiqxona pomidori va olma bog‘larida olib borilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar natijalari, IPM texnologiyalarini qo‘llash tajribasi hamda o‘simliklarni biologik himoya qilish usullarining amaliy jihatlari muhokama qilindi. Dala seminarida ishtirokchilar qishloq xo‘jaligi maydonlarida IPM tamoyillarining amaliy qo‘llanilishi bilan tanishib, o‘simlik kasalliklari va zararkunandalarini monitoring qilish, ularning tarqalishini aniqlash, biologik himoya vositalaridan foydalanish hamda zarur hollarda kimyoviy preparatlarni ilmiy asoslangan holda qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar oldilar.

paxta1

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.