favicon
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Bosh energetik

Choriyev Ahmad

Choriyev Ahmad

Bosh energetik

Bosh energetikning vazifalari va funktsiyalari
Elektr energiyasining, shuningdek telefon aloqasi, radiouzel, avtomatlashtirilgan qo‘ng‘iroqlar va signalizatsiyalarning o‘rnatilgan limit doirasida uzluksiz va sifatli ta’minlanishini tashkil etish;
Elektr energiyasining iqtisod qilinishi bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish, Universitet hududidagi ob’ektlari orasida elektr energiyasining maqsadli taqsimlanishini nazorat qilish;
Elektr energiyasi ho‘jaligidagi avariyalar va yaroqsiz holatga kelgan vositalarning hisobini yuritish va tahlil qilish;
Bo‘ysunuvchi personal tomonidan harakatdagi qoida va instruksiyalarga rioya qilinishini nazorat qilish;
Bosh energetik o‘z xodimlarini maxsus kiyim bosh, maxsus oyoq kiyimlar va elektor jixozlarining tok o‘tkazuvchi qismlarida ish faoliyatini olib borayotganda maxsus himoya vositalari bilan ta’minlanishini nazorat qilish;
Bosh energetik va borcha ishchi-xodimlari yiliga bir marta texnika xavfsizligi qoidalari bo‘yicha bilim darajalari sinovdan o‘tkazilib ish faoliyatlarini davom ettirishga ruxsat beriladi.

Bugungi zamon talabidan kelib chiqib, energiya tejamkor elektr asbob uskunalarni olib kelish va ularda foydalanish;
Elektr jixozlari, qurilish xom ashyolari, o‘quv jixozlari va shunga o‘xshash moddiy-texnik boyliklarni xarid qilishda davlat tendirlarida qatnashish;
Universitetning energiya iste’moli bo‘yicha hisob-kitobini yuritish va energiya balansini tayyorlash;
Tashqi tashkilotlar bilan energiya iste’moli bo‘yicha shartnomalar rasmiylashtirish;
elektr energiyasining, shuningdek signalizatsiyalar tizimlarining profilaktika ishlari va ta’mirlanishining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi hamda ularning texnik holati ustidan nazoratni amalga oshirish;
Elektr jihozlari, ventilyatsiya qurilmalari va boshqalar ekspluatatsiyasi bo‘yicha hamda bo‘ysunuvchi personalning lavozimlar instruksiyasini ishlab chiqish;
Universitet hududidagi uquv binolari, talabalar turar joylarini hamda yordamchi binolarni qish mavsumiga tayyorlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Universitet hududidagi barcha ob’ektlari va xizmatlarida himoya vositalarining mavjud holatini nazorat qilish, ularning yaroqlilik holatini tekshirib borish;      
Energetik tizim va qurilmalar izolyatsion qarshiligining dastlabki va muntazam tekshiruvlarni tashkil etib borish;
Zarur materiallar va asbob-uskunalar uchun buyurtmalar rasmiylashtirish, omborda saqlanayotgan moddiy-texnik vositalar hisobini yuritish;
Universitet hududidagi va balansida saqlanayotgan nim stansiyalar xizmat ko‘rsatish, joriy ta’mirlash va modernizatsiya qilishni loyihalashtirish tashkilotlariga buyurtma berish hamda ishlarning bajarilishini nazorat qilish;
Ishchi xizmatchilar va talabalar tomonidan instruksiya va qoidalarning buzilishi kelib chiqqan qoidabuzarliklarga nisbatan chora ko‘rish uchun kerakli hujjatlarni rahbariyatga taqdim etish.

Bilishi kerak: Yong‘in xavfsizligi, xavfsizlik texnikasi qoidalarini hamda texnika qoidalarini, binolar va talabalar turar joylarini elektr energiyasi tizimini, texnikasi va xavfsizlik qoidalari, yuqori tashkilotlarning qarorlari, farmoyishlari, buyruqlarini, energet sohasida xizmat ko‘rsatishga doir uslubiy va me’yoriy hujjatlarini, ishlab chiqarishni energiya bilan ta’minlashni tashkil etish, energiyadan foydalanuvchi qurilmalarning ishlab chiqarish quvvatlari, texnik tavsifi va ish rejimlari, ularni ishlatish qoidalarini bilishi.

Qurilish, rekonstruksiya, kapital va joriy ta’mirlash tajribasiga ega bo‘lishi;
Texnikaviy hujjatlarni ishlab chiqish hamda rasmiylashtirishga oid nizomlar, yo‘riqnomalar va boshqa rahbariy hujjatlarni bilishi;
elektr energiyasi bilan ta’minlash xususida boshqa tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish tartibini bilishi;

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.