“Bo‘ston” ashula va raqs ansambli
-
+998 (95) 001 7345
-
Dushanba-Shanba, 09:00-17:00
-
yulduztdau@gmail.com
O‘zbekiston Respublikasi Prezident tomonidan 2019-yilning mart oyida besh muhim tashabbus doirasida yoshlarni madaniyat, san’at va sportga keng jalb etish, ularda zamonaviy axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil
17-fevralda tasdiqlangan Nazorat rejasining 7.4-bandida belgilangan vazifalar hamda Universitet Kengashining 2023-yil 28-avgustdagi 1-sonli yig‘ilish bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent davlat agrar universitetida talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Agrar yulduzlari” ashula va raqs ansambli faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Ansamblda yuzga yaqin talaba yoshlar faol a’zo bo‘lib oltitaga yaqin san’at to‘garaklariga qatnashib kelishmoqda.
Ular jumlasiga:




Folklor

Suhandonlik

Aktyorlik mahorati
Ansambil 2023-2024-2025 o‘quv yillari davomida uch marotaba Hisobot konsertini o‘tkazdi. Universitetda o‘tkazilgan barcha ma’naviy ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishda asosiy vazifalarni bajardi. Universitetga biriktirilgan “Mehribonlik uy”lari hamda maktab va harbiy qismlarga gostrollar uyushtirib konsert dasturlari tashkil etdi. Undan tashqari “Mongoliya”, “Filippin” davlatlariga borib milliy qadryatlarimiz hamda analarimizni namoyish etib kelishdi.
Universitet Kengashining 2025-yil 28-avgustdagi 1-sonli yig‘ilish bayoniga muvofiq “Agrar yulduzlari” ashula va raqs ansambli nomini “Bo‘ston” ashula va raqs ansambili nomiga o‘zgartirildi.
