logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Bug‘doy hosildorligini 100 sentnerga yetkazish va suv tejamkorligi: olimlar dala tajribalarini o‘rganmoqda

view 95

Toshkent davlat agrar universiteti olimlari tomonidan qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan oqilona foydalanish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasida keng ko‘lamli ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Xususan, Agronomiya va agrotexnologiyalar kafedrasi professori J.Eshonqulov rahbarligidagi loyiha jamoasi Jizzax va Farg‘ona viloyatlarida bo‘lib, kuzgi bug‘doyni suv tejamkor texnologiyalar asosida sug‘orish va oziqlantirish bo‘yicha dala tajribalarini o‘rgandilar. O‘rganishlar davomida Jizzax viloyati Paxtakor tumanidagi ilmiy tajriba stansiyasi hamda Farg‘onadagi “Imomali Qosimovich” fermer xo‘jaligi dalalarida bug‘doyning rivojlanish holati tahlil qilinib, suv tejamkor sug‘orish me’yorlari, o‘g‘itlash tizimi va o‘simlikning biometrik ko‘rsatkichlari bo‘yicha fenologik kuzatuvlar olib borildi.

Respublikamizda 2028-yilga qadar sug‘oriladigan yerlarning 80 foizida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish rejalashtirilgan. Mazkur ilmiy loyiha natijasida sug‘orish jarayonlarini avtomatlashtirish, suv ta’minoti og‘ir hududlarda resurslarni kafolatli yetkazish va eng muhimi — bug‘doy hosildorligini gektariga 100 sentnerga yetkazish ko‘zda tutilgan.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.