Mazkur yig’ilishda ta’lim sifatini oshirish va universitet hayotining turli yo‘nalishlarida islohotlar olib borish bo‘yicha bir qator masalalar muhokama qilindi. Yig‘ilishda quyidagi yo‘nalishlarda muhim vazifalar belgilab olindi. Jumladan, universitetda korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirish, talabalar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, ma’naviy-ma’rifiy muhitni sog‘lomlashtirish, jamoatchilik guruhlarini shakllantirish, qabul kvotalarini adolatli taqsimlash, yangi ochilgan ta’lim yo‘nalishlarini samarali yo‘lga qo‘yish, xalqaro talabalarni jalb etish imkoniyatlarini kengaytirish hamda “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlarini kòrib chiqildi.
Shu bilan birga, oldin xabar berganimizdek, universitet faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida bir qator lavozimlarga tayinlovlar amalga oshirildi. Jumladan, O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i Safarov Asqar Asadullayevich, Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakulteti dekani v.b Eshonqulov Jamoliddin Saporboy oʻgʻli, Registrator ofisi direktori Roziqov Jahongir Mustaqim óg'li va O‘quv-uslubiy ta’minot bo‘limi boshlig‘i Jumag‘ulov Qahramon Aliyevichlar tayinlandi. Tayinlangan rahbarlarga mas’uliyatli va sharafli faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Bugun Toshkent davlat agrar universitetida yangi tayinlovlar va dolzarb masalalar muhokamasi bo’yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
26 Iyul 2025


