logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Chirchiq shahrida ma’naviy kecha: TDAU jamoasi “Yaldo kechasi” spektaklida

view 231

Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi Kimyogarlar madaniyat saroyida taniqli adib Xayriddin Sultonning “Yaldo kechasi” asari asosida sahnalashtirilgan teatrlashtirilgan she’riy konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
Yuksak saviyadagi badiiy kechada Toshkent davlat agrar universiteti vakillari ham faol ishtirok etishdi. Sahna asarida she’riyat va teatr san’ati uyg‘unlashib, tomoshabinlarga o‘zgacha ma’naviy quvvat bag‘ishladi.
Tadbir yoshlarning adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish, milliy qadriyatlarimiz va klassik asarlarimizga bo‘lgan hurmatini mustahkamlashga xizmat qildi. Universitet jamoasi tadbir davomida asarning mazmun-mohiyati, insoniy qadr-qimmat va o‘zbek adabiyotining durdona asarlari haqida boy taassurotlarga ega bo‘lishdi.

San’at va adabiyotga oshno bo‘lish talabalarimizning ma’naviy olamini boyitishda eng samarali vositadir.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.