Yodingizda bo’lsa joriy yilda, universitetimiz rektori Narzullo Oblomuradov Janubiy Koreaning Chungnam milliy universiteti vakillari bilan uchrashuv o’tkazgani haqida ma’lumot bergan edik. O’zaro muloqatlarda xorijiy universitetning professor-o’qituvchilari tomonidan oliygohimizda doimiy mashg’ulotlar o’tkazilishiga kelishilgan edi. Bugun ham Chungnam milliy universitetining Tuproqshunoslik fakulteti professori Kim Seong-Cheol tomonidan “O‘zbekiston agrar atrof-muhit mutaxassislarini tayyorlash” mavzusidagi xalqaro loyiha asosida trening darslarini boshladi. O’zaro tajriba almashish hamda ikki oliygoh o’rtasidagi hamkorlikni yana ham kuchaytirishga xizmat qiluvchi mazkur darslar yosh izlanuvchilar olib borayotgan tadqiqotlari uchun muhim bilimlarga, universitetimiz o’qituvchi-professorlari esa yangi ko’nimlarga ega bo’lishiga xizmat qilishi aniq. Eslatib o’tamiz mazkur seminar-trening 7-iyuldan 17-iyul sanasiga qadar davom etadi.
Chungnam milliy universitetining professori Toshkent davlat agrar universitetida seminar-trening o’tmoqda.
7 Iyul 2025

