2-iyul — O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi qabul qilingan kun munosabati bilan Toshkent davlat agrar universitetida “#Faxrimgerbim” nomli chellenj tashkil etildi. Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan o‘tkazilgan chellenjda universitet professor-o‘qituvchilari va yoshlar faollik bilan ishtirok etishdi. Ushbu jarayon davlat ramzlariga hurmat va e’tibor, yosh avlod qalbida Vatanga sadoqat tuyg‘usini yanada mustahkamlashga qaratildi.Heading
Ijtimoiy tarmoqlar: