logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Investorlar davlat-xususiy sheriklik asosida zamonaviy laboratoriya, issiqxona va ko‘chatxonalar tashkil etishga taklif etiladi

view 5

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 11 apreldagi «Toshkent davlat agrar universiteti faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-135-son qarori 25-bandida universitet foydalanishida bo‘lgan Qibray tumani, «Oybek» MFY, Yuksalish ko‘chasida joylashgan 1,2 gektar yer maydonida davlat-xususiy sheriklik asosida «in vitro» sharoitida mevali va manzarali daraxtlar payvandtaglari hamda ko‘chatlarini yetishtirishga ixtisoslashgan zamonaviy laboratoriya, issiqxona va ko‘chatxonalar tashkil etish belgilangan.

Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida” OʻRQ-537-son Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-oktabrdagi 720-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida nizom” talablariga muvofiq Universitet qarashli 1,2 gektar yer maydonida davlat-xususiy sheriklik asosida «in vitro» sharoitida mevali va manzarali daraxtlar payvandtaglari hamda ko‘chatlarini yetishtirishga ixtisoslashgan zamonaviy laboratoriya, issiqxona va ko‘chatxonalar tashkil etish bo‘yicha muzokaralarni o‘tkazish uchun tegishli salohiyatga va moliyaviy imkoniyatlarga ega bo‘lgan investorlar o‘zlarining loyiha oldi hujjatlarini va konsepsiya hujjatlarini tayyorlab Universitetning tdauexat.uz sayti orqali elektron tarzda yuborishlari yoki Universitet devonxonasiga topshirishlari mumkin.

Loyiha yuzasidan quyidagi telefon raqamlari orqali to‘liq malumotlar olishingiz mumkin.

• +998 71 260 50 71
• +998 71 260 48 65
• +998 71 260 47 74

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.