Qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish bo’limi
-
+(99871) 2604880
-
Dushanba-Shanba, 09:00-17:00
-
doubledegree@tdau.uz
Toshkent davlat agrar universiteti Respublikamiz qishloq xo‘jaligi sohasi uchun xalqaro standartlarga javob beradigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash maqsadida 2018-yildan boshlab yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etlgan. Bu dasturlar zamonaviy ta’lim tamoyillariga asoslangan bo‘lib, o‘zbek va xorijiy oliygohlar o‘rtasida hamkorlikda o‘quv reja va dasturlarni birgalikda ishlab chiqish, dars mashg‘ulotlarini ikki tomonlama pedagoglar tarkibi ishtirokida olib borish, Eng muhimi bitiruvchilarga ikki davlat oliygohining diplomi taqdim etiladi.
Ushbu tizim orqali talabalar o‘qishning bir qismini Toshkent davlat agrar universitetida, qolgan qismini esa hamkor xorijiy universitetda davom ettiradilar. Mazkur yondashuv yoshlarning xalqaro ta’lim muhitida tahsil olib, ilmiy va amaliy salohiyatini mustahkamlash, shuningdek, global mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlar sifatida shakllanishiga xizmat qilmoqda.
Qo‘shma ta’lim dasturlarining ahamiyati:
Qo‘shma ta’lim: bu oddiy akademik almashinuvdan ko‘ra chuqurroq hamkorlik shakli bo‘lib, u:
Talabalar uchun xalqaro diplom olish imkoniyatini taqdim etadi;
O‘qituvchilar uchun ilmiy hamkorlik va tajriba almashinuvini kuchaytiradi;
Universitet reytingini xalqaro miqyosda oshirishga xizmat qiladi;
Milliy ta’lim tizimiga innovatsion yondashuvlar va ilg‘or tajribalarni joriy etadi.
Bugungi kunda Toshkent davlat agrar universiteti qo‘shma ta’lim dasturlarini yanada kengaytirish, ko‘p tarmoqli yo‘nalishlarda yangi hamkorlik shartnomalarini imzolash va ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish orqali ta’lim sifatini oshirishga alohida e’tibor qaratmoqda.
Bir yillik kontrakt summalari TDA va xorijiy OTMlar uchun: TDAU uchun 8 140 00 so‘mdan, 13 650 000 so‘mgacha (yo‘nalishga qarab), xorijiy OTMlar uchun 800 $ dan, 4 500 EUR gacha (yo‘nalishga qarab).
Bugungi kunda Bo‘limda mavjud ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari nomi:
1) Bakalavr:
60410900- Biznesni boshqarish;
61010400- Logistika;
60811000- Meva-sabzavotchilik va uzumchilik;
60840400-Veterinariya sanitariya ekspertizasi.
2) Magistratura:
70410901-Biznesni boshqarish (Master of Business Administration-MBA);
70810803- Chorvachilik;
70811001- Mevachilik;
70810401 - Agronomiya;
70810501 - O‘simliklar himoyasi va karantini;
70720102- Oziq-ovqat xavfsizligi;
70810402- O‘simlikshunoslik.
3) Sirtqi:
60410200-Buxgalteriya hisobi;
60820100- O‘rmonchilik;
60810400 – Agronomiya.
Har yilgi bitiruvchilar soni: 100 ga yaqin
Bitiruvchilar nechta xorijiy davlatlarda ishlamoqda: Germaniya, Vengriya, Litva, Turkiya, Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va boshqa xorijiy davlatlarda.
Ishga joylashish ko‘rsatkichi sonda (%): Bitiruvchilarning ish bilan ta’minlanishi 100%
