Kafedra o‘z oldiga fundamental tabiiy fanlari boyicha chuqur nazariy bilimlarni berish, zamonaviy laboratoriya texnologiyalarini joriy etish, innovatsion tadqiqotlar olib borish va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni maqsad qilgan. Shuningdek, ilmiy-tadqiqot ishlari orqali agrar sohasiga xizmat qiladigan yangiliklar yaratishga intiladi. Bu kafedra nazariy bilim bilan birga amaliy ko‘nikmalarni ham shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Kafedra yuqori salohiyatga ega
- 25 nafar professor-o‘qituvchilar
- Ilmiy salohiyat — 60 %
- 2 nafar fan doktori-professor, 2 nafar fan nomzodi-professor, 11 nafar fan nomzodi-dosentlar
- 90 % bitiruvchilar o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashmoqda
Ta’lim fanlari:
Kafedra professor-o‘qituvchilari universitet bakalavriatura ta’lim bosqichining 1 va 2-kursida ta’lim olayotgan barcha tabiiy va texnik ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha quyidagi fundamental tabiiy fanlardan talalarga dars mashg‘ulotlari olib boradi:
Kimyo fanlari bo‘yicha – Kimyo, Kimyo 1,2, Umumiy kimyo, Umumiy va noorganik kimyo, Oziq-ovqat kimyosi, Oziq-ovqat kimyosi va taxlili, Analitik, fizik-kolloid kimyo, Analitik, fiz-kolloid va biokimyo, Analitik, fiz-kolloid va bioorganik kimyo, Hayvonlar biokimyosi,, Analitik kimyo, Analitik, biologik va gidrokimyo, Analitik, fizik-kolloid va bioorganik kimyo, Organik kimyo.
Fizika fanlari bo‘yicha – Fizika, Fizika 1,2, Umumiy fizika, Atmosfera fizikasi, Biofizika, Biofizika va radiobiologiya, Meteorologiya va iqlimshunoslikka kirish, Fizika va agrometeorologiya, Fizika va o‘rmon meteorologiyasi, Biofizika, Biofizika va radiobiologiya.
Fiziologiya fanlari bo‘yicha – Fiziologiya, Biokimyo, Biokimyo asoslari, O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi, Botanika va o‘simliklar fiziologiyasi, Meva-sabzavot fiziologiyasi va biokimyosi, Don biokimyosi, Ovqatlanish fiziologiyasi, Meva ekinlari fiziologiyasi va biokimyosi, Atrof-muhit biokimyosi, Klinik biokimyo.