Buxgalteriya hisobi, tahlil va audit kafedrasi buxgalter, moliyaviy tahlilchi, auditor va soliq sohasidagi mutaxassislarni tayyorlaydi. Ushbu kafedra talabalarni buxgalteriya hisobini yuritish, moliyaviy hujjatlarni to‘g‘ri tuzish, korxona faoliyatini tahlil qilish, audit o‘tkazish va soliqqa oid masalalarda ishlashga o‘rgatadi. Kafedrada zamonaviy fanlar asosida darslar olib boriladi, ilmiy-tadqiqot ishlari qilinadi, talabalarga amaliyot va ish tajribasi beriladi. Tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi, zamonaviy hisob va audit tizimlari o‘rgatiladi.
Mazkur kafedrada tayyorlanayotgan mutaxassislar agrar sohada faoliyat yuritayotgan korxonalarda buxgalteriya hisobini to‘g‘ri yuritish, moliyaviy tahlillar asosida xo‘jalik faoliyatini baholash, xarajatlarni optimallashtirish, foydani oshirish, shuningdek, moliyaviy hisobotlarning shaffofligini ta’minlash orqali qishloq xo‘jaligi sohasiga muhim hissa qo‘shmoqda. Ular fermer xo‘jaliklari, agrofirmalar va boshqa agrar tashkilotlarda samarali boshqaruvga ko‘maklashmoqda.
Kafedra yuqori salohiyatga ega
- 24 nafar professor-o‘qituvchilar
- 3 Nafar doktorantlar
- Ilmiy salohiyat — 36%
- 3 nafar fan doktori professorlar, 5 nafar fan nomzodi dotsentlar
- 100% bitiruvchilar o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashmoqda
Kafedra zamonaviy yondashuvga ega
Dars jarayonlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT), interaktiv usullardan va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan metodikalardan foydalanilmoqda. Hisobot va tahlil ishlarini zamonaviy dasturlar – 1C Buxgalteriya, Excel, Audit Expert, SAP, GAAP va boshqa raqamli platformalarda yuritishni o‘rgatish orqali talabalarni real ish sharoitiga tayyorlashmoqda.
Bundan tashqari, xalqaro standartlar – IFRS (Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari), ISA (Xalqaro audit standartlari) asosida bilim berish yo‘lga qo‘yilgan. Talabalar nazariy bilimni amaliyot bilan bog‘lash uchun virtual laboratoriyalar, simulyatsion dasturlar va case-study usullaridan foydalanadilar. Kafedra mutaxassislari doimiy ravishda malakasini oshirib boradi, ilmiy tadqiqotlar olib boradi va xorijiy tajribalarni o‘rganib, o‘quv jarayoniga tatbiq etadi.