logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Tillar kafedrasi

Tillar kafedrasida ingliz va nemis tillari chuqur o‘rgatilib, o‘qituvchilar o‘z faoliyatini zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida tashkil etadilar va ular universitet talabalariga xorijiy tillarni chuqur o‘rgatish, til ko‘nikmalarini shakllantirish hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish yo‘nalishida samarali ish olib bormoqda.

 

Kafedraning ilmiy salohiyati yuqori bo‘lib, hozirda kafedrada ilmiy darajaga ega bo‘lgan tajribali professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqda. Kafedra tarkibi 37 nafar professor-o‘qituvchilardan iborat.

 

Kafedra yuqori salohiyatga ega

 

  • Ilmiy salohiyat — 40,5 %
  • 4 nafar PhD, filologiya bo‘yicha falsafa doktori
  • 10 nafar dotsent
  • 5 nafar katta o‘qituvchilar

Kafedrada ilmiy maqolalar, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar yaratishga alohida e’tibor qaratilib, muntazam ravishda ilmiy-amaliy konferensiyalarda ishtirok etiladi.

 

Yuqori malakali o‘qituvchilar va sertifikat egalari

 

Kafedra tarkibida o‘z kasbiga fidoyi, yuqori malakali, zamonaviy metodikalarni chuqur egallagan o‘qituvchilar faoliyat olib boradilar. Ulardan ko‘pchiligi xalqaro darajadagi C1, B2 kabi til bilish darajasini tasdiqlovchi IELTS, Goethe-Zertifikat, TOEFL kabi sertifikatlarga ega. Shuningdek:

  • Ba’zi o‘qituvchilar TESOL, DAAD kabi xalqaro loyihalar va malaka oshirish dasturlarida ishtirok etganlar;
  • O‘qituvchilar muntazam ravishda zamonaviy tillarni o‘qitish uslublari bo‘yicha seminar va master-klasslarda qatnashib, o‘z malakasini oshirib bormoqda.

 

Talabalarning til sertifikatlari bilan yutuqlari

 

Kafedraning o‘quv-uslubiy faoliyati natijasida talabalar orasida xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqish yildan-yilga ortib bormoqda. Har yili o‘nlab talabalar xalqaro til imtihonlarida ishtirok etib, quyidagi natijalarga erishmoqdalar:

  • IELTS bo‘yicha 6.0 va undan yuqori ball olgan talabalar soni ortib bormoqda;
  • Goethe Institut tomonidan taqdim etiladigan nemis tili daraja sertifikatlarini qo‘lga kiritgan talabalar bor;
  • Talabalar xorijiy davlatlarda o‘qish, amaliyot o‘tash yoki ilmiy tadqiqot olib borish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar.

 

Kafedra  zamonaviy yondashuvga ega

 

         Tillar kafedrasi universitetda til o‘rganishning sifatli tashkil etilishi, malakali pedagoglar faoliyati, ilmiy salohiyatning yuksalishi va talabalar yutuqlari bilan ajralib turadi. Kafedra oldidagi asosiy maqsad – talabalarni xalqaro mehnat bozorida raqobatbardosh, zamonaviy til ko‘nikmalariga ega bo‘lgan kadrlar sifatida yetishtirishdir.

Аbdullayeva Ulfat Turaxanovna

Аbdullayeva Ulfat Turaxanovna

Kafedra mudiri

Xodimlar

  • Аbdullayeva Ulfat Turaxanovna
    Аbdullayeva Ulfat Turaxanovna
    Kafedra mudiri
  • Rasulova Dilfuza Urinbaevna
    Rasulova Dilfuza Urinbaevna
    Katta o'qituvchi (ingliz tili)
  • Adilova Nilufar Axmadjonovna
    Adilova Nilufar Axmadjonovna
    o'qituvchi
  • Abdumajitova Ra'no Raximjanovna
    Abdumajitova Ra'no Raximjanovna
    Katta o'qituvchi (ingliz tili)
  • Kenjayeva Nigora O'ktam qizi
    Kenjayeva Nigora O'ktam qizi
    O'qituvchi (ingliz tili)
  • Nurtayev Sayfullo Xusanovich
    Nurtayev Sayfullo Xusanovich
    Dotsent
  • Mirzayeva Nasibaxon Jalolovna
    Mirzayeva Nasibaxon Jalolovna
    Dotsent
  • Isroilova Yoqutoy Bahodirovna
    Isroilova Yoqutoy Bahodirovna
    o'qituvchi
  • Mirzayeva Muxabbat Jalolovna
    Mirzayeva Muxabbat Jalolovna
    v.v.b dotsent
  • Otamurodova Salomat Axmedovna
    Otamurodova Salomat Axmedovna
    o'qituvchi
  • Samandarova Gulsara Ismatilloyevna
    Samandarova Gulsara Ismatilloyevna
    O‘qituvchi
  • Karimova Zulnura G‘ulamqodirovna
    Karimova Zulnura G‘ulamqodirovna
    Dotsent
  • Xodjayeva Gulchexra Suratbekovna
    Xodjayeva Gulchexra Suratbekovna
    katta o'qituvchi
  • Umarxodjayeva Dilnoza Mirzakirovna
    Umarxodjayeva Dilnoza Mirzakirovna
    o'qituvchi
  • Xolto'rayeva Go'zal Uralovna
    Xolto'rayeva Go'zal Uralovna
    O'qituvchi
  • Ruzibayeva Dilbar Alimovna
    Ruzibayeva Dilbar Alimovna
    Dotsent
  • Rizayeva Dilyayra Shavkatovna
    Rizayeva Dilyayra Shavkatovna
    O'qituvchi
  • Tilovova Gavhar Abdaxatovna
    Tilovova Gavhar Abdaxatovna
    dotsent
  • Bayxanova Nilufar Alisherovna
    Bayxanova Nilufar Alisherovna
    o'qituvchi
  • Abduvaliyeva Munira Abdusaidovna
    Abduvaliyeva Munira Abdusaidovna
    O'qituvchi
  • Azizova Zilola Ravshanovna
    Azizova Zilola Ravshanovna
    o'qituvchi
1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.