Tillar kafedrasida ingliz va nemis tillari chuqur o‘rgatilib, o‘qituvchilar o‘z faoliyatini zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida tashkil etadilar va ular universitet talabalariga xorijiy tillarni chuqur o‘rgatish, til ko‘nikmalarini shakllantirish hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish yo‘nalishida samarali ish olib bormoqda.
Kafedraning ilmiy salohiyati yuqori bo‘lib, hozirda kafedrada ilmiy darajaga ega bo‘lgan tajribali professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqda. Kafedra tarkibi 37 nafar professor-o‘qituvchilardan iborat.
Kafedra yuqori salohiyatga ega
- Ilmiy salohiyat — 40,5 %
- 4 nafar PhD, filologiya bo‘yicha falsafa doktori
- 10 nafar dotsent
- 5 nafar katta o‘qituvchilar
Kafedrada ilmiy maqolalar, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar yaratishga alohida e’tibor qaratilib, muntazam ravishda ilmiy-amaliy konferensiyalarda ishtirok etiladi.
Yuqori malakali o‘qituvchilar va sertifikat egalari
Kafedra tarkibida o‘z kasbiga fidoyi, yuqori malakali, zamonaviy metodikalarni chuqur egallagan o‘qituvchilar faoliyat olib boradilar. Ulardan ko‘pchiligi xalqaro darajadagi C1, B2 kabi til bilish darajasini tasdiqlovchi IELTS, Goethe-Zertifikat, TOEFL kabi sertifikatlarga ega. Shuningdek:
- Ba’zi o‘qituvchilar TESOL, DAAD kabi xalqaro loyihalar va malaka oshirish dasturlarida ishtirok etganlar;
- O‘qituvchilar muntazam ravishda zamonaviy tillarni o‘qitish uslublari bo‘yicha seminar va master-klasslarda qatnashib, o‘z malakasini oshirib bormoqda.
Talabalarning til sertifikatlari bilan yutuqlari
Kafedraning o‘quv-uslubiy faoliyati natijasida talabalar orasida xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqish yildan-yilga ortib bormoqda. Har yili o‘nlab talabalar xalqaro til imtihonlarida ishtirok etib, quyidagi natijalarga erishmoqdalar:
- IELTS bo‘yicha 6.0 va undan yuqori ball olgan talabalar soni ortib bormoqda;
- Goethe Institut tomonidan taqdim etiladigan nemis tili daraja sertifikatlarini qo‘lga kiritgan talabalar bor;
- Talabalar xorijiy davlatlarda o‘qish, amaliyot o‘tash yoki ilmiy tadqiqot olib borish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar.
Kafedra zamonaviy yondashuvga ega
Tillar kafedrasi universitetda til o‘rganishning sifatli tashkil etilishi, malakali pedagoglar faoliyati, ilmiy salohiyatning yuksalishi va talabalar yutuqlari bilan ajralib turadi. Kafedra oldidagi asosiy maqsad – talabalarni xalqaro mehnat bozorida raqobatbardosh, zamonaviy til ko‘nikmalariga ega bo‘lgan kadrlar sifatida yetishtirishdir.