logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

“Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida Toshkent davlat agrar universiteti tomonidan yoshlarga qaratilgan keng ko‘lamli ma’naviy-ma’rifiy, targ‘ibot va ta’limiy tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.

view 256

2-iyul – O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun keng nishonlanmoqda. Ma’lumki, 1992-yil 2-iyul kuni mustaqil davlatimiz timsollaridan biri — Davlat gerbi rasman tasdiqlangan. Shu munosabat bilan Toshkent davlat agrar universitetida bir qator tashkiliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va hisobot yig‘ilishlari o‘tkazildi. 2024–2025 o‘quv yili yakunlari munosabati bilan universitetning barcha fakultetlaridagi dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar va talabalar turar joylari tarbiyachi-pedagoglari tomonidan yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tayyorlangan hisobotlar Universitet birinchi prorektori J.Lapasovga belgilangan tartibda taqdim etildi. “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida Toshkent viloyati Qibray tumani Do‘rmon MFYda istiqomat qiluvchi Agroiqtisodiyot, logistika va xizmatlar fakulteti 2-bosqich talabasi Mirxosilov Ulug‘bek Alisher o‘g‘li “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning stol tennisi yo‘nalishida o‘tkazilgan tuman bosqichida 1-o‘rinni egallab, viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Shuningdek, “Dolzarb 90 kunlik” doirasida Axborot-resurs markazida ARM xodimlari, registr ofisi menejeri va sirtqi ta’lim fakulteti dekani ishtirokida “Badiiy adabiyotlar muhokamasi” o‘tkazildi. Tadbirda o‘quvchi-yoshlar tomonidan o‘qilgan asarlar yuzasidan fikrlar almashildi, adabiyotga bo‘lgan qiziqish oshirildi. O‘quv yili yakunlariga bag‘ishlab o‘tkazilgan Ilmiy Kengash yig‘ilishida Toshkent davlat agrar universiteti jamoasi tomonidan yil davomida erishilgan yutuqlar va mavjud kamchiliklar atroflicha tahlil qilindi. Shu bilan birga, Prezidentimizning 30-iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan yoshlar bilan uchrashuvi yuzasidan TDAU Yoshlar yetakchisi S.Muhammadaminovning “Ishonch – eng katta kuch” nomli maqolasi “Toshkent haqiqati” gazetasida chop etildi.

Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.