Toshkent davlat agrar universitetining talabalari Jo’rayev Ilhom, Abdukarimov Kamoliddin hamda Ne’matov Nursultonlar tomonidan yurtdoshlarimizni sog’lom turmush tarziga keng jalb qilish, oliygohning sport majmualaridan foydalanish tartiblarini yengillashtirish maqsadida Bronsport.uz sayti ishab chiqilib universitet rahbariyati va ustozlariga taqdim etildi.
Endilikda ushbu platformadan foydalangan holda nafaqat TDAU xodimlari va talabalari, balki sportga oshno bo’lgan barcha yurtdoshlarimiz sport kompleksida tashkil etiladigan to’garaklarda o’zlari uchun joy band qilishlari mumkin.
O’z o’rnida, talabalarning tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash hamda platformani keng targ’ib qilish maqsadida Toshkent davlat agrar universiteti rektori N.Oblomuradov shaxsiy na’muna ko’rsatib platformadan ro’yxatdan o’tdi va Bronsport.uz saytining ilk obunachisi bo’ldi hamda barchani faollikka chorladi.
Ijtimoiy tarmoqlar: