Universitetimizda “Dolzarb 90 kunlik” doirasida tashkil etilgan uchrashuvlar talaba-qizlar, doktorantlar va yosh olimlarga ilhom beruvchi va tajriba almashish imkoniyatlarini yaratdi. Tadbirlar davomida, agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti Agrokimyo va tuproqshunoslik kafedrasi professori, biologiya fanlari doktori, Turon fanlar akademiyasi akademigi Raupova Nodira Baxramovna o‘zining faol hayoti, o‘quv jarayonlari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar va ilmiy yutuqlari bilan bo‘lishdi. Tadbir ochilish marosimida, Universitet Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi G.Shodmonova “Ilmli-ayol jamiyat koʻzgusi” konsepsiyasini ta’kidlab, yosh olimlar va talabalarga ilhom bag‘ishlashga chaqirdi. Uchrashuv davomida ishtirokchilar o‘z savollari bilan murojaat qilib, professor N.Baxramovaning tajribasidan o‘zlari uchun amaliy maslahatlar olishdi. Shu bilan birga, “Dolzarb 90 kunlik” doirasida Meva-sabzavotchilik va uzumchilik fakulteti Sabzavotchilik va issiqxona xo‘jaligini tashkil etish kafedrasi professori, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, shuhrat medali sohibasi Maxfurat Amanova Eshmuradovna bilan o‘tkazilgan uchrashuvda “Kasbim, - faxrim” mavzusida o‘zining faoliyati, o‘quv va ilmiy yutuqlari bilan hamkorlikni kuchaytirishga chaqirdi. Universitet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi raisi G.Shodmonovaning ochilish so‘zlari bilan boshlangan bu uchrashuvda talaba-qizlar va yosh olimlar, o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan professor Maxfurat Eshmuradovnadan javoblar olishdi. Shuningdek, Universitet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi raisi G.Shodmonovaning ta’kidlashicha, bunday ilmiy va ma’naviy uchrashuvlar talaba-qizlarning ilm yo‘lidagi faoliyatiga katta turtki bo‘lib, kelajakda yanada yorqin yutuqlarga erishishlariga zamin yaratadi.
Ushbu tadbirlar orqali yosh avlod nafaqat o‘z sohalarida yetuk mutaxassislar tajribasini o‘zlashtiradilar, balki ilm-fanning turli jabhalarida yangi qarashlar va fikrlarni shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Talaba-qizlar va yosh olimlarning har bir uchrashuvi ular uchun ilhom manbai bo‘lib, kelajakdagi muvaffaqiyatlar sari poydevor yaratishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Ijtimoiy tarmoqlar: