Toshkent davlat agrar universiteti Ekofiziologik-tadqiqotlar laboratoriyasi tegishli kompetensiyaga ega bo‘lgan nomzodlarni laboratoriya mudiri lavozimiga tanlov asosida ishga taklif etadi.
Agar siz laboratoriya jarayonlarini xalqaro standartlar asosida tashkil etish, zamonaviy tadqiqot usullarini joriy qilish va jahon tajribasini O‘zbekistonda tatbiq etishga qiziqsangiz, ushbu imkoniyat aynan siz uchun!
Asosiy vazifalar:
• laboratoriyaning kundalik faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirish;
• tadqiqot va tahlillarning sifati hamda aniqligini ta’minlash;
• jamoani boshqarish, xodimlarni yo‘naltirish va ularning kasbiy rivojlanishiga ko‘maklashish;
• zamonaviy laboratoriya uskunalari va yangi texnologiyalarni amaliyotga joriy etish;
• xalqaro sifat standartlari (ISO va boshqalar) talablariga rioya etilishini nazorat qilish;
• laboratoriyani akkreditatsiya jarayoniga tayyorlash.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
• tegishli yo‘nalishda oliy ma’lumotga ega bo‘lish (ilmiy daraja mavjudligi ustunlik beradi);
• ilmiy laboratoriyalarda kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;
• ingliz tilini mukammal bilish — xorijiy stajirovkalar va xalqaro ilmiy adabiyotlar bilan ishlash uchun majburiy;
• zamonaviy laboratoriya uskunalari va tahlil metodlarini yaxshi bilish.
📍 Ish joyi: Toshkent davlat agrar universiteti
📧 Rezyume (CV) yuborish uchun: tuag_info@edu.uz
📞 Aloqa uchun: Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi — 71 260-39-85
Ijtimoiy tarmoqlar:
