favicon
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Djiyanov Ma’ruf Rashidovich

2010 yilda Toshkent davlat agrar universitetining bakalavriyatini, hamda 2012 yilda ushbu universitetning magistraturasini tamomlagan. Mutaxassisligi – muhandis-mexanik. Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. Oilali, uch nafar farzandi bor.

 

Mehnat faoliyati davomida qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, qishloq xo‘jaligi rivojlantirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash hamda ilm-fan taraqqiyoti bilan bog‘liq ustuvor vazifalar va davlat dasturlari ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etib kelmoqda.

 

2012–2020 yillarda Toshkent davlat agrar universitetida assistent va katta o‘qituvchi lavozimida,
2021 yilda Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutida tayanch doktoranti,
2021–2025 yillarda universitetning Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat olib borgan.

 

Toshkent davlat agrar universiteti rektorining buyrug‘iga asosan, M.R. Jiyanov 2025 yil fevralidan Toshkent davlat agrar universitetining Aghromuhandislik va agrotеxnologiyalar fakulteti dekani lavozimiga tayinlangan.

 

M.R. Jiyanov Xitoy Xalq Respublikasi va Turkiyaning yuqori reytingdagi universitetlarida malaka oshirib kelgan, hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

 

  • Nashrlar

    • 2024
      Mirzakhodjaev, S., Djiyanov, M., Nurmikhamedov, B., Mamasov, S., BIO Web of Conferences, 85, 01035 https://doi.org/10.1051/bioconf/20248501035
    • 2024
      Djiyanov, M., Xalilov, R., Isakova, F., BIO Web of Conferences, 85, 01034 https://doi.org/10.1051/bioconf/20248501034
    • 2024
      Djiyanov, M., Tadjibekova, I., Temirkulova, N., Kholmuradov, O., Lecture Notes in Networks and Systems, 733, 565–571
    • 2022
      Djiyanov, M., Tadjibekova, I., Temirkulova, N. IOP Conference Series: Earth and Environmental Science, 1068(1), 012004 doi:10.1088/1755-1315/1068/1/012004
  • Grantlar

    • 2024
      IL-21091391 sonli “Pushtalarga ishlov beradigan qurilmaning sanoat nusxasini yasash”
1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.