Nematov Nurillo Abduraxim o’g’li
-
Ijro kotibiyati bo'limi boshlig'i: Universitet ijro kotibiyati
-
Ilmiy daraja:PhD
-
Ilmiy unvoni:Dotsent
2015 yilda Namangan muhandislik-texnologiya instituti bakalavriat hamda 2017 yilda Namangan muhandislik-pedagogika instituti magistraturasini tamomlagan. Mutaxasisligi oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi. Qishloq xo‘jaligi fanlari falsafa doktori, dotsent. Oilali, uch nafar farzandi bor.
Mehnat faoliyati davomida oliy ta’lim tizimida ma’suliyatli lavozimlarda xizmat ko‘rsatgan.
Yangi O‘zbekistondagi islohotlar jarayonida, jumladan, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, qishloq xo‘jaligi rivojlantirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash va ilm-fan taraqqiyoti bilan bog‘liq ustuvor vazifalar va davlat dasturlari ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etib kelmoqda.
2017-2018 yillarda Toshkent davlat agrar universiteti, “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash” kafedrasi assistenti, 2018-2021 yillarda Toshkent davlat agrar universiteti, “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini standartlashtirish va sertifikatlash” kafedrasi assistenti, 2019-2020 yillarda Toshkent davlat agrar universiteti “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik” fakulteti Xalqaro aloqalar bo‘yicha dekan muovini, 2020-2021 yillarda Toshkent davlat agrar universiteti “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash” fakulteti O‘quv ishlari va Xalqaro aloqalar bo‘yicha dekan muovini lavozimlarida faoliyat olib borgan.
2021-2023 yillarda Toshkent davlat agrar universiteti “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash” kafedrasi tayanch doktoranti, 2021-2023 yillarda Toshkent davlat agrar universiteti “Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy kadrlar tayyorlash” bo‘limi 1-toifali muhandisi, 2024-2024 yillarda Toshkent davlat agrar universiteti “O‘quv-uslubiy ta’minot” bo‘limi yetakchi mutaxassisi, 2024-2025 yillarda Toshkent davlat agrar universiteti “Ta’lim sifatini nazorat qilish” bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.
2023 yildan Toshkent davlat agrar universiteti, “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash” kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyat olib bormoqda.
Toshkent davlat agrar universiteti rektorining tegishli buyrug‘iga muvofiq, N.A.Nematov 2025-yil 26-maydan “Ijro kotibiyati” bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.