Shamsiddinov To‘lqin Shamsiddinovich
-
Ilmiy daraja:b.f.n.
-
Ilmiy unvoni:Dotsent
1999 yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Biologiya fakultetining 201-topro‘qshunoslik yo‘nalishini tamomlagan. Mutaxassisligi – tuproqshunos. Biologiya fanlari nomzodi, dotsent. Oilali, ikki nafar farzandi bor.
Mehnat faoliyati davomida ishlab chiqarish va oliy ta’lim tizimida xizmat ko‘rsatgan. Agrar sektor uchun kadrlar tayyorlash va tarbiya berish bilan birga, tuproqshunoslik sohasini rivojlantirish bo‘yicha turli xalqaro va mahalliy loyihalarda tashabbuskor bo‘lgan. Turkiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Xitoy Xalq Respublikasi, Janubiy Koreya, Hindiston, Yaponiya, Eron va Rossiya Federatsiyasi olimlari bilan hamkorlikda ilmiy maqolalar chop ettirib, ilmiy loyihalarda faol ishtirok etib kelmoqda.
Shamsiddinovich To‘lqin Shamsiddinovich o‘qishni tugatgandan so‘ng, 1999-2000 yillarda Samarqand viloyati, Payariq tumanidagi Do‘stlik xo‘jaligida g‘allachilik brigadiri lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. 2000 yildan Toshkent davlat agrar universiteti tuproqshunoslik kafedrasida assistentlikdan ish boshlagan, 2010-2017 yillarda fakultet dekani o‘rinbosari lavozimida, 2017-2018 yillarda Kartoshkachilik uyushmasi ilmiy tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i, 2019-2021 yillarda universitet Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i, 2021-2025 yillarda Meva-sabzavotchilik va uzumchilik fakulteti dekani lavozimida faoliyat yuritgan.
Toshkent davlat agrar universiteti rektorining tegishli buyrug‘iga muvofiq, T.Sh. Shamsiddinov 2025 yil aprel oyidan O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti dekani lavozimiga tayinlangan.
T.Sh. Shamsiddinov 2024 yilda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.
-
Grantlar
-
2023“Sabzavotlarni zararkunanda hasharotlardan himoya qilishda “tuzoq o‘simliklar-trap crop” lardan foydalanish texnologiyasini ishlab chiqish”
-
2022A-OT-2021-121 raqamli “Sirdaryo viloyatida tabiiy ofat ro‘y bergan hududlarda entomofaunaga ta’sirini aniqlash va populyatsiyasini tiklash”
-