logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Ösimliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqşunoslik fakulteti

O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti professor-o‘qituvchilari fundamental va amaliy tadqiqotlar bilan shug‘ullanuvchi ilmiy-tadqiqot institutlari, davlat va tijorat tuzilmalari bilan yaqin aloqada ishlaydigan amaliyotchi olimlardir. Shuningdek, fakultet professor-o‘qituvchilari davlat grantlarining rahbarlari va ijrochilari bo‘lib, xalqaro loyihalarda ham ishtirok etadilar. O‘quv jarayonida talabalarning mustaqil ilmiy ishlariga katta e’tibor qaratiladi, fakultetda talabalar ilmiy to‘garaklar faoliyat ko‘rsatadi.

 

Bakalavrni tugatgandan so‘ng, bitiruvchilar magistraturada o‘qishni davom ettirish imkoniyatiga egadirlar, boshqa oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarini “Аgrokimyo”, “Tuproqshunoslik”, “Agrotuproqshunoslik va agrofizika”, “Yerni masofadan zondlash GAT-texnologiya”, “Yer resurslaridan foydalanish va boshqarish”, “O‘simliklar himoyasi va karantini”, “Entomologiya”, “Fitopatologiya” dasturlari bo‘yicha magistraturaga o‘qishga qabul qilinadi.

 

Talabalar o‘qish davomida zamonaviy agrotexnologiyalar, o‘simliklarni kasallik, zararkunanda va begona o‘tlardan himoya qilish, tuproqni o‘simliklarning yashash muhiti sifatida, uning xususiyatlari va unumdorligini oshirish hamda o‘simliklarning oziqlanishi, hosildorlikni oshirish uchun o‘g‘itlardan foydalanishni o‘rganadi.

 

O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakultetning tarixi 1950-yilga borib taqaladi. Ayni paytda fakultetda 3 ta kafedra mavjud bo‘lib, fakultet bugungi kunga kelib nafaqat o‘z sohasining ilg‘or mutaxassislarini tayyorlabgina qolmay, balki qishloq xo‘jaligining yuksalishiga munosib hissa qo‘shmoqda.

 

Fakultet tarkibida quyidagi kafedralar faoliyat yuritadi:

 

  • Agrokimyo va tuproqshunoslik
  • O‘simliklarni himoyasi va karantini
  • Qishloq xo‘jaligi fitopatologiyasi
  • Biotexnologiya 

 

Fakultet tarkibida:

 

  • 17 nafar fan doktori,
  • 51 nafar fan nomzodi,
  • 23 dan ortiq professor-o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda.

 

Ularning sa’y-harakatlari natijasida shu kungacha O‘zbek davlat yer tuzish ilmiy-loyihalsh instituti “O‘ZDAVYERLOYIHA” DUK, Respublika Agrokimyo tahlil markazi, Tuproq tarkibi va repozitoriyasi, sifati tahlil markazi DUK, Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti, O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genetika va o‘simliklar ekisperemental biologiyasi instituti, Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institute, Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi kabi tashkilotlarda fakultet bitiruvchilari mutaxassis sifatida o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishgan.

 

Ushbu fakultetda ta’lim olish yashil kelajakni yaratish yo‘lida ishonchli qadamdir!

Shamsiddinov To‘lqin Shamsiddinovich

Shamsiddinov To‘lqin Shamsiddinovich

Dekan

Yutuqlar

  • 4
    Kafedralar
  • Professorlar

Fakultet tarixi

2004

Ösimliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqşunoslik fakulteti

Ösimliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqşunoslik fakulteti özining boy tarixiga ega bölib, qişloq xöjaligi sohasi uçun yuqori malakali mutaxassislar, ilmiy hamda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlaş, şuningdek, ösimliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqşunoslik fanlarini rivojlantirişga munosib hissa qöşib kelmoqda.
Fakultet Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 3-sentabrdagi «Respublika qişloq va suv xöjaligi uçun yuqori malakali kadrlar tayyorlaş tizimini takomillaştiriş töğrisida»gi 415-sonli qarori hamda universitetning 2004-yil 15-sentabrdagi 245-sonli buyruğiga asosan, «Seleksiya, uruğçilik va ösimliklarni himoya qiliş» fakulteti sifatida taşkil etilgan.
Özbekiston Respublikasi Qişloq va suv xöjaligi vazirligining 2017-yil 7-avgustdagi 220-sonli «Vazirlik tizimidagi oliy ta’lim muassasalarining tuzilmalariga özgartirişlar kiritiş töğrisida»gi buyruğiga muvofiq, fakultet «Ösimliklar himoyasi va agrokimyo» fakulteti deb qayta nomlandi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-avgustdagi «Toşkent davlat agrar universiteti faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi PQ-4421-sonli qarori, Qişloq xöjaligi vazirligining 2019-yil 26-avgustdagi 132-sonli hamda universitetning 2019-yil 3-sentabrdagi 1-9-6/726-sonli buyruqlariga asosan, fakultet «Ösimliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqşunoslik» fakulteti deb qayta taşkil etildi.
Fakultet faoliyati davomida uning rivojlanişi va ta’lim sifatini oşirişga bir qator rahbarlar munosib hissa qöşgan. Jumladan, 2007–2015-yillarda dotsent X.S. Yusupov, 2015–2017-yillarda dotsent A.I. Isroilov, 2017–2021-yillarda D.U. Ortiqov, 2021–2025-yillarda dotsent N.N. Namozov fakultet dekani lavozimida faoliyat yuritgan. 2025-yildan hozirgi kunga qadar biologiya fanlari nomzodi Ş.T. Şamsiddinov fakultetga rahbarlik qilib kelmoqda.
Bugungi kunda Ösimliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqşunoslik fakulteti qişloq xöjaligi ekinlarini zararkunandalar, kasalliklar va begona ötlardan himoya qiliş, tuproq unumdorligini oşiriş, agrokimyoviy tadqiqotlarni rivojlantiriş hamda yer va suv resurslaridan oqilona foydalaniş yönalişlarida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaşda muhim örin egallaydi. Fakultet ilmiy salohiyatni yuksaltiriş, zamonaviy innovatsion texnologiyalarni ta’lim va işlab çiqarişga joriy etiş hamda mamlakat agrar sohasini rivojlantirişga munosib hissa qöşib kelmoqda.
Ösimliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqşunoslik fakulteti
1930-yilda Örta Osiyo davlat universitetining qişloq xöjaligi fakulteti negizida Örta Osiyo qişloq xöjaligi instituti taşkil etildi. 1934–1991-yillarda uşbu institut Toşkent qişloq xöjaligi instituti nomi bilan faoliyat yuritdi. 1991-yil aprel oyida institutga Toşkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.