Shukurov Xushvaqt Mamasaliyevich
-
Ilmiy daraja:q.x.f.d
-
Ilmiy unvoni:Professor
2005 yilda Toshkent davlat agrar universitetining bakalavriat bosqichini, 2007 yilda esa mazkur universitetning magistraturasini “O‘simliklarni kasallik va zararkunandalardan asrash” mutaxassisligi bo‘yicha muvaffaqiyatli tamomlagan. Qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor. Oilali, uch nafar farzandi bor.
Mehnat faoliyatini 1998-1999 yillarda Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumani Markaziy kasalxonasi reanimatsiya bo‘limida feldsher sifatida boshlab, 2000-2001 yillarda tuman Silga qarshi kurashish dispanseriyasida mehnat faoliyatini davom ettirgan. 2001-2007 yillarda Toshkent davlat agrar universitetida bakalavriat va magistratura bosqichlarida tahsil olgan.
2007-2016 yillarda Toshkent davlat agrar universiteti “O‘simliklarni himoya qilish” kafedrasida assistent sifatida mehnat faoliyatini davom ettirgan. 2016 yilda talabalar shaharchasi direktori lavozimida ishlagan. 2016-2018 yillarda mazkur universitetning “O‘simliklarni himoyasi va karantini” kafedrasi katta o‘qituvchisi sifatida faoliyat yuritgan.
2018-2019 yillarda “O‘simliklarni himoya qilish” ilmiy-tadqiqot institutida tayanch doktoranti bo‘lib, ilmiy izlanishlar olib borgan. 2019 yilda Toshkent davlat agrar universitetida dotsent lavozimida ishlagan. 2019-2021 yillarda “O‘simliklarni himoya qilish” ilmiy-tadqiqot institutida ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, 2021-2022 yillarda mazkur institut direktori lavozimlarida mehnat qilgan. 2022 yilda ushbu institut direktori o‘rinbosari sifatida faoliyatini davom ettirgan.
2022 yili Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Toshkent filiali Veterinariya meditsinasi fakulteti dekani lavozimiga tayinlangan. 2022-2024 yillarda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat olib borgan.
2024 yil 11 yanvardan boshlab Toshkent davlat agrar universiteti “O‘rmon xo‘jaligi va landshaft dizayn” fakulteti dekani lavozimida ishlab kelmoqda.
X.M. Shukurov o‘zining ilmiy va amaliy faoliyati davomida agrar sohada ekologik toza, xalqaro standartlar talablariga javob beradigan mahsulotlar yetishtirish, zamonaviy agrotеxnologiyalarni joriy etish, o‘simliklarni kasallik va zararkunandalardan kimyoviy, biologik va agrotеxnik usullarda himoya qilish bo‘yicha muhim tadqiqotlar olib bormoqda.
Xususan, 2022-2025 yillarda amalga oshirilayotgan “Mevali bog‘lar va poliz ekinlaridan ‘Organic’ hamda ‘Global G.A.P’ xalqaro standartlari bo‘yicha eksportbop mahsulotlar yetishtirish agrotеxnologiyasini yaratish” nomli ilmiy-amaliy loyihasi rahbari sifatida faoliyat olib bormoqda.
Shu bilan birga, Rossiya, Litva, Pokiston, Turkiya va boshqa davlatlar olimlari bilan hamkorlikda ilmiy maqolalar muallifi, xalqaro va respublika konferensiyalari hamda anjumanlarining doimiy qatnashchisi.
Hozirgi kunda Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy loyihalar va oraliq/yakuniy hisobotlarni ilmiy ekspertizadan o‘tkazish texnik kengashi eksperti sifatida ilm-fan taraqqiyoti bilan bog‘liq ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etmoqda.
Shuningdek, Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotеxnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi DSс.05/30.12.2019.QX.42.01 raqamli ilmiy darajalar beruvchi kengash raisi o‘rinbosari sifatida ham o‘z faoliyatini davom ettirib kelmoqda.
Faoliyati davomida 4 nafar shogirdi Qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilishlariga rahbarlik qilgan.
