Tashmuxamedov Abdug‘ani Abduvaliyevich
1998 yilda Toshkent Avtomobil-yo‘llar instituti, 2001 yilda Toshkent davlat agrar univernsitetini hamda 2006 yilda Toshkent davlat Milliy Universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi muhandis, iqtisodchi, huquqshunos. Oilali, uch nafar farzandi bor.
Mehnat faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligining Toshkent shaxridagi nazorat taftish boshqarmasi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Moliya-iqtisod va buxgalteriya boshqarmasi Moliyaviy monitoring bo‘limlarida mas’uliyatli lavozimlarda xizmat ko‘rsatgan.
Yangi O‘zbekistondagi islohotlar jarayonida, jumladan, Moliyaviy monitoring bo‘limlarida davlat dasturlari ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etib kelmoqda.
Toshkent davlat agrar universitetining rektorining 2025 yil noyabr oyidagi tegishli buyrug‘iga muvofiq, Toshkent davlat agrar universiteti korrupsiyana qarshi kurashish “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan hamda faoliyat yuritmoqda.