logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAUda yirik infratuzilma loyihasi: 1000 o‘rinli avtoturargoh qurilishiga investorlar taklif etiladi

view 5

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-apreldagi
PQ-135-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2026/2027-yillarda Toshkent davlat agrar universiteti faoliyatini xalqaro talablar asosida takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida 2025-yil 25-iyul kuni o‘tkazilgan yig‘ilishning 108-son bayoniga muvofiq Toshkent davlat agrar universiteti professor-o‘qituvchilari, ishchi-xizmatchilari va talabalari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Universitet hududida joylashgan avtoturargoh o‘rnida (0,5 gektar maydon) davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida zamonaviy ko‘p qavatli, 1 000 ta avtotransport vositasini joylashtirish sig‘imiga ega bo‘lgan avtoturargoh majmuasini tashkil etish belgilangan.

Toshkent davlat agrar universiteti hududida joylashgan avtoturargoh o‘rnida (0,5 gektar maydon) davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida zamonaviy ko‘p qavatli avtoturargoh majmuasini tashkil etish bo‘yicha muzokaralarni o‘tkazish uchun tegishli salohiyatga va moliyaviy imkoniyatlarga ega bo‘lgan investorlar o‘zlarining loyiha oldi hujjatlarini va konsepsiya hujjatlarini tayyorlab Universitetning tdauexat.uz sayti orqali elektron tarzda yuborishlari yoki Universitet devonxonasiga topshirishlari mumkin.

Loyiha yuzasidan quyidagi telefon raqamlari orqali to‘liq ma’lumotlar olishingiz mumkin: (71)-260-50-71, (71)-260-48-65, (71)-260-47-74.

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.