logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Qo'shma ta'lim dasturlari fakulteti

Bizning fakultet faoliyati – sizga nafaqat sifatli taʼlim berish, balki xalqaro darajadagi diplomga ega bo‘lish imkoniyatini yaratishdir. Qo‘shma taʼlim dasturlari orqali siz bir vaqtning o‘zida ikkita – mahalliy va xorijiy oliy taʼlim muassasasining diplomini qo‘lga kiritishingiz, o‘qish jarayonida xorijda tahsil olish, yangi tillar va madaniyatlarni o‘rganish imkoniga ega bo‘lasiz.

 

Biz siz uchun xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda zamonaviy, amaliyotga yo‘naltirilgan va xalqaro talablar asosida ishlab chiqilgan o‘quv dasturlarini taklif qilamiz. Taʼlim jarayoni davomida siz xalqaro tajribaga ega professor-o‘qituvchilardan saboq olib, o‘z kasbiy yo‘nalishingizda mustahkam poydevor yaratasiz.

 

Agar siz orzularingiz sari ishonch bilan qadam qo‘yishga tayyor bo‘lsangiz, biz sizga bu yo‘lda ishonchli hamroh bo‘lamiz. Qo‘shma taʼlim dasturlari fakulteti – bu sizning global dunyoga ochilgan eshigingizdir.

 

 

Yangi imkoniyatlar, baland cho’qqilar va yorqin kelajak sizni kutmoqda!

 

Ushbu tizim orqali talabalar o‘qishning bir qismini Toshkent davlat agrar universitetida, qolgan qismini esa hamkor xorijiy universitetda davom ettiradilar. Mazkur yondashuv yoshlarning xalqaro ta’lim muhitida tahsil olib, ilmiy va amaliy salohiyatini mustahkamlash, shuningdek, global mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlar sifatida shakllanishiga xizmat qilmoqda.

 

Qo‘shma ta’lim dasturlarining ahamiyati:

 

 

Qo‘shma ta’lim: bu oddiy akademik almashinuvdan ko‘ra chuqurroq hamkorlik shakli bo‘lib, u:
Talabalar uchun xalqaro diplom olish imkoniyatini taqdim etadi;
O‘qituvchilar uchun ilmiy hamkorlik va tajriba almashinuvini kuchaytiradi;
Universitet reytingini xalqaro miqyosda oshirishga xizmat qiladi;
Milliy ta’lim tizimiga innovatsion yondashuvlar va ilg‘or tajribalarni joriy etadi.

 

 

Bugungi kunda Toshkent davlat agrar universiteti qo‘shma ta’lim dasturlarini yanada kengaytirish, ko‘p tarmoqli yo‘nalishlarda yangi hamkorlik shartnomalarini imzolash va ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish orqali ta’lim sifatini oshirishga alohida e’tibor qaratmoqda.

 

 

Har yilgi bitiruvchilar soni: 100 ga yaqin
Bitiruvchilar nechta xorijiy davlatlarda ishlamoqda: Germaniya, Vengriya, Litva, Turkiya, Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va boshqa xorijiy davlatlarda.

Yutuqlar

  • 100
    Bitiruvchilar

Fakultet tarixi

2018

Qo'shma ta'lim dasturlari fakulteti

Toshkent davlat agrar universiteti Respublikamiz qishloq xo‘jaligi sohasi uchun xalqaro standartlarga javob beradigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash maqsadida 2018-yildan boshlab yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etlgan. Bu dasturlar zamonaviy ta’lim tamoyillariga asoslangan bo‘lib, o‘zbek va xorijiy oliygohlar o‘rtasida hamkorlikda o‘quv reja va dasturlarni birgalikda ishlab chiqish, dars mashg‘ulotlarini ikki tomonlama pedagoglar tarkibi ishtirokida olib borish, Eng muhimi bitiruvchilarga ikki davlat oliygohining diplomi taqdim etiladi.
Qo'shma ta'lim dasturlari fakulteti
1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.