2024–2025 o‘quv yili yakuniga ko‘ra, Toshkent davlat agrar universiteti barcha fakultetlarining dekan o'rinbosarlari, tyutorlari va talabalar turar joylari tarbiyachi-pedagoglari tomonidan o‘quv yili davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar Universitet birinchi prorektori J.Lapasovga belgilangan tartibda taqdim etildi. Hisobotlarda talabalarning ijtimoiy-psixologik holati, davomat, ijtimoiy faolligi, talabalar turar joylari va yashash sharoitlari, shuningdek, tarbiyaviy ishlarda ishtiroki kabi bir qator muhim jihatlar o‘z aksini topgan. Mazkur jarayon universitetda talabalarning ta’lim olish va tarbiyalanish jarayonini yanada samarali tashkil etishga, shuningdek, tyutorlik faoliyatini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Yakunda yoshlar tarbiyasi, ma’naviy muhitni yaxshilash masalalari ham e’tibordan chetda qolmadi. Shuningdek ushbu jarayon universitetning barcha fakultetlarida davom etadi.
Ijtimoiy tarmoqlar: