Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) Bosh direktori Syuy Dunyuy boshchiligidagi delegatsiya Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov hamrohligida Toshkent davlat agrar universitetiga (TDAU) tashrif buyurdi. Mehmonlarni TDAU rektori Narzullo Oblomuradov hamda Xalqaro qishloq xoʻjaligi universiteti rektori Munira Aminova kutib oldi. 
Tashrif davomida FAO Bosh direktori va delegatsiya a’zolariga universitetning ta’lim, ilmiy-tadqiqot va amaliy faoliyati, xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari, moddiy-texnik bazasi hamda talabalar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar haqida ma’lumot berildi. Mehmonlarga universitet hududida tashkil etilgan tanishtiruv ekskursiyasi davomida "Renessans" ma'ruza zali, qishloq xo‘jaligining ilg‘or namunalari ko‘rgazmasida agrar sohada qo‘lga kiritilgan yutuqlar va istiqbolli loyihalar, shuningdek, Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakulteti faoliyati, zamonaviy laboratoriyalar, o‘quv jarayoni va talabalarning amaliy mashg‘ulotlari namoyish etildi. Bosh direktor hamda TDAU professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o'tdi. Muloqot davomida agrar ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish, zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnologiyalarini joriy etish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, iqlim o‘zgarishlariga moslashish hamda yosh mutaxassislarning agrar sohadagi o‘rni yuzasidan fikr almashildi. Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, xalqaro tajriba almashinuvi, ilmiy loyihalarda ishtirok etish va FAO bilan hamkorlikni rivojlantirishga oid takliflarini bildirdilar.
Tashrif doirasida universitet hududidaga bog'da ko‘chat ekish tadbiri ham tashkil etilib, unda FAO Bosh direktori Syuy Dunyuy talabalar bilan birgalikda daraxt ko'chatlarini ekishda qatnashdi.our Heading
Ijtimoiy tarmoqlar:








